Pedagogika va psixologiya кафедраси

 Pedagogika-psixologiya kafedrasi

Pedagogika-psixologiya kafedrasi Pedagogika fakulteti tarkibida bo`lib, mutaxassislik chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrani p.f.n. D.Soliyeva boshqarib kelmoqda. Ayni paytda kafedrada 14 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Ulardan 13 nafari asosiy shtatda, 1 nafari o`rindoshlik asosida ishlaydilar. Kafedrada 1 nafar fan doktori, 1 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o`qituvchilar va 11 nafar o`qituvchilar ishlamoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati   15 % ni tashkil etadi.

Kafedra o`z faoliyatida asosiy e`tiborni “Ta`lim to`g`risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Pedagogika fani Konsepsiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, ta`lim jarayoniga noan`anaviy ish usullarini joriy etish orqali ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, “Yoshlarga oid davlat davlat siyosati” davlat dasturi asosida talabalar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish orqali mafkuraviy tarbiyani takomillashtirishga qaratib kelmoqda. SHu maqsadda 2015 yil aprel oyida shahar va atrof-tumanlar kasb-hunar kollejlari, maktablar va akademik liseylar psixologlari uchun “Ontogenez  davrlarida uchraydigan deviant xulq va suisidal holatlarining reabilitasiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar seminar o`tkazildi.

Pedagogika-psixologiya kafedrasi TDPU, FarDU, AnDU, O`zMU, O`ZPFITI, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash” institutlari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Fan doktorlari, fan nomzodlari rahbarligida iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan seminarlar o`tkazilmoqda. SHuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 fevral 2015 yildagi №56-F sonli Farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida 2015 yil 20 may kuni institutda “Pedagogika-psixologiya fanlarining ta`lim tizimini rivojlantirishdagi o`rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Kafedraning ma`naviy-ma`rifiy sohada olib borgan ishlari:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2006 yil 25 avgust “Milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risida” gi PQ-451-sonli qarori ijrosini amalga oshirish bo`yicha Qo`qon shahridagi mahallalar fuqarolari yig`inlarida, kasb-hunar kollejlarida, Qo`qon yog`-moy kombinatida, korxona va tashkilotlarda ma`ruzalar, davra suhbatlari, psixologik treninglar o`tkazildi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot sohasida olib borayotgan ishlari:

Umumiy pedagogika psixologiya kafedrasida mustaqil tadqiqotchilaridan   N.Abdullaeva  TDPU olimlaridan psixologiya fanlari doktori N. Safaev.  Mirzo Ulug`bek nomidagi Toshkent davlat Milliy Universiteti  “Ijtimoiy psixologiya” va “Umr davrlari va pedagogik psixologiya” kafedralari bilan mustaxkam aloqa o`rnatilgan.  Kafedra o`qituvchisi D.Vaxobova psixo.f.n., dosent, G.Tulaganova rahbarligida ilmiy izlanishni takomillashtirmoqda.

  Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti kafedrasi bilan kafedraning shartnoma asosidagi xamkorlik aloqalari yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lib,  kafedraning o`qituvchilari  N.Sultonova proessor V.Karimova  rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

 Kafedra o`qituvchilaridan A.Ziyaev, A.Abdurashidov, SH.Sultonov O`zPFITI katta ilmiy xodimi ped.f.doktori M.Mardonov rahbarligida ilmiy izlanishlarni takomillashtirmoqdalar.

Umumiy pedagogika psixologiya kafedrasida  “Yosh psixolog” va “Yosh pedagog” to`garaklari faoliyat yuritadi.  “Yosh psixolog” to`garagiga o`qituvchi D. Vaxobova,  “Yosh pedagog”  to`garagiga esa,   o`qituvchi Sultonova N. rahbarlik qiladilar. To`garak rejalari  kafedraning  26.08. 2014 yildagi № 1 sonli yig`ilishida muxokama etilib  tasdiqlangan.