Defektalogiya кафедраси

 Defektologiya kafedrasi

Defektologiya  kafedrasi  2006 yilda tashkil topgan bo`lib, unga Mamasoli Tolipov mudirlik qilgan. Kafedrada Defektologiyaning klinik asoslari, Logopediya, Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar diagnostikasi, Matematika o`qitish maxsus metodikasi, Ona tili o`qitish maxsus metodikasi, Daktilologiya va talaffuz malakalarini shakillantirish metodikasi, Tasviriy san`at va qo`l mexnatini o`qitish maxsus metodikasi, Oligofrenopedagogika, Maktabgacha logopediya va Maktabgacha surdopedagogika fanlari o`qitilgan. Ta`lim yo`nalishiga 2006 yildan 2012-yilga qadar 1 tadan guruhlar, 2012-2013-o`quv yilidan e`tiboran ikkitadan guruhlarga talabalar qabul qilinmoqda.

2010-2013 yillarda kafedrani A.Qo`ziev boshqargan. 2013-14 o`quv yilidan “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi “Defektologiya” kafedrasi bilan qo`shilib, kafedraga katta o`qituvchi Ma`rifjon Hamidov mudir etib tayinlangan. Hozirda kafedrada 16 nafar o`qituvchi bo`lib, 12 nafar asosiy shtatda, 4 nafar o`qituvchi o`rindoshlik asosida mehnat qilmoqda.  Kafedraning ilmiy salohiyati: 31,2 %.

Kafedra professor-o`qituvchilari O`zbekiston Davlat standarti 2013 yil  2657-sonli Oliy ta`limning Davlat ta`lim standarti 5111900-defektologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha ish olib bormoqda.