Mehnat ta`lim кафедраси

 Mehnat ta`limi kafedrasi.

Mehnat ta`limi kafedrasi 1991 yilda “Umumtexnika fanlari kafedrasi” nomi bilan tashkil topgan bo`lib, umumtexnika fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2010 yilda kafedraga “Umumtexnika fanlari va mehnat ta`limi” nomi berildi. 2011 yilda esa “Umumtexnika” nomi bilan atala boshlandi. Shu yildan boshlab 5110800-tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta`lim yo`nalishi bo`yicha ham talabalar o`qishga qabul qilindi. 2015 yildan kafedra “Mehnat ta`limi” deb nomlandi. Kafedrani dastlabki yillarda p.f.n., dotsent I.Karimov boshqargan. Kafedraga t.f.n., dotsent F.Badriddinov, p.f.n. B.Olimov, t.f.n. A.Husanovlar mudirlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedrani p.f.n., dotsent I.Karimov boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada jami 27 nafar professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Professor-o`qituvchilardan 6 nafari fan nomzodi, dotsent: 4 nafari katta o`qituvchi: 17 nafari o`qituvchi lavozimida faoliyat ko`rsatmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 21%ni tashkil etadi.

Kafedrada 2014-2015 o`quv yili uchun ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar rejasi tuzilgan. O`tgan o`quv yilida kafedra o`qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar chop etildi. Kafedra professor-o`qituvchilardan 6 nafari doktorlik dissertasiyalari ustida ish olib bormoqdalar.