Musiqiy ta`lim кафедраси

  Musiqa ta`limi kafedrasi:

 

Musiqa ta`limi kafedrasi 1990 yil may oyida BTM fakulteti qoshida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. 1991 yili birinchi marta “Musiqa o`qituvchisi” ixtisosligi bo`yicha kunduzgi va sirtqi bo`limlarga o`qishga qabul qilinib, talabalar o`qitila boshlandi. 1996 yili kafedra mustaqil bo`lim sifatida ish boshladi. 1998 yil yili esa fakultet maqomi berildi. Musiqa fakultetida - ikkita “Vokal va xor ijrochiligi”, “Musiqa ijrochiligi” kafedralari faoliyat ko`rsatgan.

2005 -yildan Musiqa fakulteti va pedagogika fakulbtetlari birlashtirilib, Pedagogika fakulteti deb yuritila boshlandi. Musiqa kafedrasi pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralardan biriga aylantirildi.

Kafedrada professor D.G`ofurov, O`zbekiston Respublikasi “Xalq ta`limi a`lochisi” nishondori F.Zilyaeva, o`qituvchilar M.Ibragimova, A.Nuriddinovlar hizmat qilib, nafaqaga chiqishgan.

Hozirda kafedrani p.f.n., dotsent G` Najmetdinov boshqarib kelmoqda. Kafedrada 12 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, bulardan 1 nafari dotsent, 6 nafari katta o`qituvchi, 5 nafari o`qituvchi hisoblanadi.

Hozirgi yo`nalishda 198  nafar talabalar taxsil olmoqdalar.

O`tgan yillar mobaynida yo`nalishda taxsil oigan 2 nafar talaba Salohitdinova Dinora va Mirzajonova Nargiza Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibalari bo`lishgan.

Yo`nalish talabalari institut, shahar, viloyat va respublika miqyosidagi ko`plab ma`naviy-ma`rifiy musiqiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra qoshida turli to`garaklar tashkil etilgan bo`lib , ushbu to`garaklar talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida o`z hissalarini qo`shmoqdalar.