ModeHed

 

Qo`qon davlat pedagogika institutini ModeHEd loyihasida ishtirok etishi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi loyixasi doirasida 2015 yil uchun e’lon qilingan tanlovdan o`tib, Xalqaro loyihaga a’zo bo`ldi. Qo’qon davlat pedagogika institutida “Valeologiya asoslari”, “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”, “Jismoniy tarbiya gigienasi” fanlarini “Defektologiya” va “Jismoniy madaniyat” kafedralarining shu fanlardan dars beradigan professor – o`qituvchilarini ishtiroki to`g`risida  ma’lumot berildi.

ModeHEd LOYIHASI BO`YICHA BIRINCHI KOORDINATSION UCHRASHUV

Toshkent tibbiyot Akademiyasiga qarashli akademik liseyda 2016 yil 29-30 mart kunlari Erasmus+ «Institut va Universitetlarda sog`liqni saqlashga oid fanlarni modernizasiyalash - ModeHEd» loyihasi bo`yicha birinchi koordinasion uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu uchrashuvda  Qo’qon davlat pedagogika institutidan A.Najmiddinov, M.Xamidov, D.Ibragimovalar ishtirok etishdi.

2016 – yil 6 – 8 oktyabr kunlari Farg`ona Davlat Universitetida ModeHED loyihasi doirasida seminar- trening bo`lib o`tdi.

Bu seminar - trening “Notibbiy Universitetlarda salomatlikka oid fanlarda interfaol uslublarni qo`llash” mavzusida o`tkazildi. Interfaol usullarni qo`llanishi haqida Toshkent tibbiyot akademiyasi mutaxasislari Dilrabo Qayumova va Dilchexra Yuldashevalar taqdimot o`tkazdi. O`tkazilgan taqdimot va o`rganilgan uslublar davomida ishtirokchilar guruhlarga ajratilib keys stadi, aqliy hujum, rolli o`yinlarini bajarishdi. Seminar-trening ohirida Qo`qon Davlat pedagogika institutidan loyiha ishtirokchilari sifatida  Najmiddinov A., Xamidov M., Ibragimova D., Umarova Z.lar ham yakuniy  test topshirib, sertifikatga ega bo`lishdi.

2016 – yil 20 – 26 noyabr kunlari Slovakiya va CHexiya davlatlariga MODEHED loyihasi doirasida safar.

2016 yil 20 – 23 noyabr kunlari Slovakiyani Koshise shahrida joylashgan Pavola Yozefa SHafarika universitetida ModeHEd loyihasi doirasida 2 – koordinasion uchrashuv bo`lib o`tdi. 24 – 26 noyabr kunlari esa CHexiyani Praga shahrida joylashgan Karlov universitetida ModeHEd loyihasi doirasida 2 – koordinasion uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu uchrashuvlarda Qo`qon davlat pedagogika institutidan loyiha ishtirokchilari Najmiddinov A., Xamidov M., Ibragimova D.lar ishtirok etib, yangi bilimlar olishdi.

2016 yil 26 dekabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligi SRMOning ichki binosida hamkorlar o`rtasida seminar-trening bo`lib o`tdi. Seminar-treningda amalga oshirilgan ishlar haqida hisobotlar tinglandi. Seminar-treningni SRMO direktori M.Alimova ochib kun tartibi bilan yig`ilganlarni tanishtirdi.

 

         Seminar-treningda Qo`qon davlat pedagogika institutidan  ham loyiha ijrochilari D.Ibragimova va Z.Umarovalar qatnashdilar.

 

2017 – yil 4-5 aprel kunlari Toshkent shahrida ModeHED  loyihasi hamkorlari o`rtasida          seminar - muhokamasi bo`lib o`tdi.

Toshkentda  2017 yil 4 aprel kuni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida hamda 2017 yil 5 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida “ModeHEd loyiha ijrochilari uchun kasbiy kompetentlikni oshirish loyihasini ishlab chiqish” mavzusida seminar-muhokamasi bo`lib o`tdi.

         Seminar-muhokamasida loyihaning ijrochilaridan:  qozoq milliy medisina universiteti,   janubiy Qozog`iston davlat farmasevtika akademiyasi, Qozog`iston davlat ayollar pedagogika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Farg`ona davlat universiteti, Qo`qon davlat  pedagogika instituti,  Andijon davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti,  tibbiyot ta’limini rivojlantirish markazidan vakillar  ishtirok etdilar. Qo`qon davlat  pedagogika institutidan loyiha ijrochilari Ibragimova D., Ernazarov Z., Umarova Z. lar qatnashishdi.

ModeHEd loyihasi  asosida berilgan  uquv anjomlardan dars mashg’ulotlarida samarali foydalanilmoqda.

“Universitetlarda tibbiy ta’lim  MODEHED mavzusidagi

  seminar-muhokamasi.

2017 yil 4 may kuni Q`qon davlat pedagogika institutida “Universitetlarda  tibbiy ta’lim/MODEHED” mavzusida  seminar-muhokamasi o`tkazildi.

Seminar-muhokamasida  O`zRSSVning Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi, Farg`ona davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qo`qon davlat pedagogika institutidan loyiha hamkorlari ishtirok etishdi.

Seminar muhokamasidan so`ng “Valeologiya” fanidan B.f.n., SH.Toshmatova rahbarligida o`qituvchi S.Umarova bilan hamkorlikda “Favqulodda vaziyatlarda 1-yordam ko`rsatish” mavzusi bo`yicha   “Boshlang`ich ta’lim metodikasi”  yo’nalishi 1 kurs talabalari bilan  birgalikda   amaliy ochiq dars o`tkazildi.

Seminar-muhokamasi ishtirokchilari uchun  amaliy darsda  3-ta holat bo`yicha  ko`rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.. Darsda  maneken-jarohat, tez tibbiy yordam to`plami kabi    loyiha doirasida olingan jihozlardan keng foydalanildi.

 Ochiq dars so`ngida berilgan savollarga hamda darsni yanada samarali tashkil etish,   loyiha doirasida olingan jihozlardan kengroq foydalanish bo`yicha  tavsiyalar berildi.