Qo`qon Davlat pedagogika instituti talaba sport klubi tomonidan sportchi talabalarni Universiada - 2016 Farg`ona shaxrida bo`lib o`tadigan musobaqalarga tayyorgarlik bo`yicha
21 2016

  Qo`qon Davlat pedagogika instituti  talaba sport  klubi tomonidan  sportchi talabalarni  “Universiada  2016”   Farg`ona shaxrida  bo`lib o`tadigan musobaqalarga  tayyorgarlik bo`yicha

MA`LUMOTNOMA

 

            Farg`ona viloyati  madaniyat va sport ishlari boshqarmasi  boshlig`i hurmatli  J.Xasanov,    sizga shuni ma`lum qilamizki, bizning Qo`qon Davlat pedagogika institutida bir qator  sportchi talabalar  taxsil olayotganligini  inobatga olib Farg`ona shahri mezbonlik qiladigan  “Universiada  - 2016” talaba -  yoshlar sport  musobaqasiga  tayyorgarlik bo`yicha  “Universiada  - 2016”  nizomiga asosan  bugungi kunda  bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Institutimizning  talaba sport klubi tomonidan  fakultetlar o`rtasida  iqtidorli sportchi talabalarni  tanlab olish jarayonida  fakultetlar o`rtasida  sportning  qo`l to`pi, voleybol, stol tennisi, engil atletika turlari bo`yicha musobaqalar  tashkillandi va  o`tkazildi.  Buning natijasida  sportchi talabalar  tanlab olindi. Bundan tashqari  qo`l to`pi sport turi bo`yicha o`g`il va qiz bolalar  jamoasi  shakllanib qo`shni viloyatlar bilan  mezmonlikda  va mehmonda bir qator  sport musobaqalari va o`rtoqlik  uchrashuvlari  o`tkazildi. SHuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi  Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan  kollej bitiruvchilariga  imtiyozli o`qishga kirish uchun  beriladigan guvohnoma asosida bir qator talaba yoshlar  intstitutimiz Jismoniy madaniyat yo`nalishiga imtiyozli Davlat granti asosida  o`qishga qabul qilindi. Bu talabalar  tarkibida  sportning boks turi bo`yicha, engil atletika bo`yicha, qo`l to`pi sport turi bo`yicha, taekvando WTF bo`yicha, dzyu-do bo`yicha va bir qator sport turlari bo`yicha  iqtidorli talabalar  o`qishga qabul qilindilar. Bu talabalarning  murabbiylari tomonidan  hozirgi kunda  o`quv yig`in mashg`ulotlari  olib borilmoqda.  YAna shuni keltirib o`tmoqchimizki, talaba yoshlardan  Xasanova Dilnoza,  YUsupova Fotima, Mamadalieva Dildora  O`zbekiston Respublikasi  qo`l to`pi sport turi bo`yicha  terma jamoa  a`zolari hisoblanadi. Bugungi kunda  YAponiya davlatida bo`lib o`tadigan  Xalqaro sport musobaqalarga tayyorgalik ko`rmoqdalar. Talabalardan  Mutalipov Mirjalol, Adalimov Farxod, Bozorboev Xikmatillohlar  esa  terma jamoaning Italiya davlati  Teramo shaxrida bo`lib o`tgan  xalqaro turnirda  1 – o`rin sovrindori bo`lib qaytdilar. Qo`shimcha qilib shuni aytish mumkinki, engil atletika bo`yicha Saydaliev Doston, Ochilboev Bahodir, Axmadaliev Xurshid, Maxkamova O`g`iloy, Semyonova Veronika va bir guruh talaba yoshlar  tayyorgarlik maqsadida  O`zbekiston terma jamoasi  a`zosi bo`lib o`quv yig`in mashg`ulotlar o`tkazmoqdalar. Sportning boks turi bo`yicha esa  Meliqo`ziev Bektemir, yoshlar o`rtasida Jahon chempioni, Mardonov Kozim, Toxirov Ziyoyiddin, Qo`chqorov Abdullohlar terma jamoa  a`zolari hisoblanishadi.  Bu soxa bo`yicha  bir qator ishlar  rejalashtirilgan bo`lib, buni amalda qo`llash xususida ishlar olib borilmoqda. O`ylaymizki, viloyatimizda joylashgan  5 ta oliy o`quv yurtida taxsil olayotgan talaba yoshlar ichidagi  iqtidorli  sportchilar  viloyatimiz  shanini  himoya qilishadi va  sovrindor  bo`lishadi degan umiddamiz.