O`quv-uslubiy boshqarma xodimlarining lavozim vazifalari.
02 2016

 O`quv-uslubiy boshqarma xodimlarining

 lavozim vazifalari.
 
1. Bo`lim (boshqarma) boshlig`ining lavozim vazifalari:
· Bo`limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
· Bo`limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta`minlash; 
· Bo`lim maqsadidan kelib chiqib ta`lim muassasasida mutasaddi bo`lgan bo`g`inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
· O`zbekiston Respublikasining ta`limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish;
· O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;
· O`quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o`rtasida yo`nalish bo`yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.
 
Bilishi kerak:
Bo`lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay`at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.
 
Malaka talablari:
· Oliy ta`lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo`lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta`lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko`nikmalarga;
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga;
· Oliy ma`lumotga ega bo`lishi;
· Bo`lim yo`nalishi bo`yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo`lishi zarur.
Klassifikator bo`yicha: 
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
4386 2 Bo`lim boshlig`i 1239 B Oliy ma`lumot  
2.Katta inspektor lavozim vazifalari:
· OTMda qonunlar, Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror va buyruqlarini va boshqa me`yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
· OTMdagi fakultetlar, kafedralar, akademik liseylar va boshqa tarkibiy bo`linmalarning o`quv, o`quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarining, Hay`at va Ilmiy kengash qarorlari va boshqa ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning monitoringini tashkil qilish;
· Me`yoriy hujjatlarning ijrosi va monitoring natijalari to`g`risidagi ma`lumotlarni tegishli vazirlikka o`z vaqtida va sifatli taqdim etish;
· Bo`lim boshlig`i tomonidan topshirilgan boshqa ishlarni bajaradi.
 
Bilishi kerak: 
O`z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo`riqnomalar va me`yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me`yoriy hujjatlarini bilishi.
 
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga ega bo`lishi; 
· Oliy ma`lumotga ega bo`lishi;
· O`z sohasiga tegishli masalalar bo`yicha axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishi zarur.
 
Klassifikator bo`yicha:
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
1116 2 Katta inspektor 1229 B Oliy ma`lumot  
 
3. Inspektor lavozim vazifalari:
· Bo`lim barcha hujjatlarni yuritish;
· Buyruqlarni rasmiylashtirish, yig`ma jildlarga o`tkazish;
· Buyruqdan ko`chirmalar tayyorlash.
· Saqlanayotgan hujjatlarni yil yakunida arxivga saqlash uchun topshirish;
· Kirish va chiqish xatlari, shuningdek turli so`rovnomalarni ro`yxatdan o`tkazish;
· Bo`lim hisobotini tayyorlash;
· Bo`lim boshlig`ining topshiriqlarini bajarish.
 
Bilishi kerak:
O`z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo`riqnomalar va me`yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me`yoriy hujjatlarini bilish.
 
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga ega bo`lishi;
· Oliy ma`lumotga ega bo`lishi;
· O`z sohasiga tegishli masalalar bo`yicha axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishi zarur.
 
Klassifikator bo`yicha: 
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
2500 2 Inspektor 3431 M Oliy ma`lumot  
 
4. Uslubchi lavozim vazifalari:
· Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan o`quv uslubiy ishlarining, o`quv, namunaviy rejalarni bajarilishini nazorat qilish;
· O`quv uslubiy ishlarining tuzilishini nazorat qilish;
· Bo`limda amalga oshirilayotgan o`quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish;
· Fakultetlarda professor-o`qituvchilar tomonidan o`quv mashg`ulotlarining o`tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o`quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
· O`quv mashg`ulotlari jadvali asosida o`ziga biriktirilgan kurs talabalarining davomatini nazorat etish;
· Kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish;
· Bo`limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritish va ro`yxatdan o`tkazish;
· Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida turli ma`naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
· Bo`lim arxivi va kartotekasini yuritish.
 
Bilishi kerak:
O`z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo`riqnomalar va me`yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me`yoriy hujjatlarini bilish.
 
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga ega bo`lishi;
· Oliy ma`lumotga ega bo`lishi zarur;
· O`z sohasiga tegishli masalalar bo`yicha axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishi zarur.
 
Klassifikator bo`yicha: 
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
3811 2 Uslubchi 2341 M Oliy ma`lumot  
 
5. Dispetcher lavozim vazifalari:
· O`quv rejalariga asosan dars jadvali tuzish;
· OTMda o`tiladigan darslarni nazorat qilish;
· Davomatni tekshirish;
· SHahar va viloyat mehnat birjalari bilan aloqa o`rnatib, sirtdan o`qiyotgan talabalarning o`z mutaxassisliklari bo`yicha ishga joylashishlarida amaliy yordam ko`rsatish;
· Talabalarning fanlardan olgan baholarini xar semestrda semestr vedomostlariga o`tkazishini tahlil qilib borish;
· Professor-o`qituvchilar tomonidan o`quv mashg`ulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o`quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
· YAngi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik biletlari tayyorlab berish va ularni OTMsi strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish;
· YArim yillik va yillik hisobotlar – uchun ma`lumotlar berishini nazorat qilish.
 
Bilishi kerak:
O`z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo`riqnomalar va me`yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me`yoriy hujjatlarini bilishi.
 
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga ega bo`lishi;
· O`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lishi;
· O`z sohasiga tegishli masalalar bo`yicha axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishi zarur.
 
Klassifikator bo`yicha: 
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
1584 2 Dispetcher 4134 T O`rta maxsus  
 
6. Statist lavozim vazifalari:
· Dekanlar va kafedralar tomonidan o`quv-metodik ishlarning bajarilishi, o`quv, namunaviy rejalar, maxsus kurslar va seminar dasturlari, uslubiy qo`llanmalar, nazorat ishlari va boshqa o`quv uslubiy ishlarning tuzilishini nazorat qilish;
· Kafedralarning ish hajmi, o`quv, o`quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlari rejalarini yig`ishi, o`qituvchilarning semestrlar bo`yicha yuklamalarning bajarilishini hisoblash;
· Kafedralar tomonidan ish hajmining to`g`ri tuzilishi va soatbay haq to`lanadigan professor-o`qituvchilarning mehnat me`yorlarining o`rnatilishini nazorat qilish;
· O`rindosh o`qituvchilar ishi haqida hisobot tayyorlash;
· Soatbay haq to`lanadigan o`qituvchilarni ishga qabul qilish va ularga bajarilgan ish uchun haq to`lash hujjatlarini rasmiylashtirish;
· Soatbay haq to`lash fondining sarfini hisobga olib borish.
 
Bilishi kerak: 
O`z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo`riqnomalar va me`yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me`yoriy hujjatlarini bilish.
 
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo`lish, mas`uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat`iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta`minlash xususiyatlariga ega bo`lishi;
· O`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lishi zarur;
· O`z sohasiga tegishli masalalar bo`yicha axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishi zarur.
 
Klassifikator bo`yicha: 
 
Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma`lumoti talablari   
6840 2 Statist 2122 M O`rta maxsus