QDPI Pedagogika fakulteti Defektologiya yo`nalishi 4 kurs talabalarining malakaviy amaliyotlari yuzasidan XISOBOT
14 Ноябрь 2016

 QDPI Pedagogika fakulteti Defektologiya yo`nalishi 4 kurs talabalarining  malakaviy amaliyotlari yuzasidan 

XISOBOT 
 
            Pedagogika fakulteti Defektologiya yo`nalishi 4 bosqich  talabalari institut rektorining 2016 yil 5 noyabrda tasdiqlangan 276-T sonli “Talabalarni malakaviy pedagogik amaliyotga chiqarish to`g`risida”gi buyrug`i asosida malakaviy amaliyotga chiqarildi. 2016 yilning 7 noyabr sanasida Defektologiya yo`nalishi 4 bosqich talabalariga malkaviy amaliyotga chiqarish yuzasidan konferensiya tashkil etildi. Koferensiyada QDPI o`quv ishlari prorektori N.S.Jo`raev, Pedagogika fakulteti dekani N.SH.Erkaboeva, Defektologiya kafedrasi mudiri SH.Toshmatova va barcha uslubchilar, pedagog hamda psixologlar  qatnashdilar.  Koferensiyada QDPI o`quv ishlari prorektori N.S.Jo`raev, Pedagogika fakulteti dekani N.SH.Erkaboeva, Defektologiya kafedrasi mudiri SH.Toshmatovalar so`z olib  malakaviy amaliyotni o`tash davrida har bir talaba o`ta mas`uliyat bilan yondoshishi zarurligi va belgilangan maxsus muassasalarning ichki tartib-qoidalariga  rioya etishlari lozimligini aloxida ta`kidlab o`tdilar va ushbu mas`uliyatli jarayonni muvaffaqiyat bilan o`tashlarida  omad tiladilar.  SHundan so`ng uslubchilar proektorda slaydlar namoyish etish orqali malakaviy amaliyotdan maqsad, ushbu davrda yuritilishi lozim bo`lgan xujjatlar, xar bir xujjatning namunasi ko`rsatildi.  Namoyish yakunida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
            Malakaviy amaliyot ob`ekti sifatida 5 ta maxsus ta`lim muassasalari tanlangan bo`lib,  Defektologiya yo`nalishi 4 bosqichida tahsil olayotgan jami  51 nafar talaba belgilangan ob`ektlar bo`yicha quyidagicha taqsimlandilar:
1. Qo`qon shaxar Zaif ko`ruvchi va ko`r o`quvchilarga mo`ljallangan maxsus ta`lim muassasasida 9 nafar  (Uslubchi-SH.Toshmatova, pedagog-SH.Sultonov, psixolog-D.Solieva)
2. Qo`qon shaxar  4-sonli aqli zaif o`quvchilarga mo`ljallangan maxsus maktab-internatda 12 nafar (Uslubchilar – N.Erkaboeva, D.Yo`ldosheva, pedagog-SH.Sultonov, psixolog-D.Solieva)
3. Qo`qon shaxar 39-sonli nutq nuqsoniga ega bolalar uchun mo`ljallangan maxsus maktabgacha tarbiya muassasida 8 nafar (Uslubchilar – M.Maxmudova, M.Xamidov, pedagoglar-A.Ziyaev, SH.Sultonov,  psixolog-D.Solieva)
4. Qo`qon shaxar 64-sonli mujassam nuqsonli bolalarga mo`ljallangan maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida 7 nafar (Uslubchi - F.Teshaboeva, pedagog- A.Ziyaev, psixolog-D.Solieva)
5. Bog`dod tumani 88-sonli aqli zaif o`quvchilarga mo`ljallangan maxsus maktab-internatda 15 nafar (Uslubchilar – X.Raximova, D.Raximova pedagog-SH.Sultonov, psixolog-D.Solieva)
Malakaviy amaliyot OO`MTV tamonidan tasdiqlangan (5111900) o`quv rejaga muvofiq 11 xaftaga (7.11.2016 - 4.02.2017 yilgacha) mo`ljallangan.  Umumtipdagi maktabgacha tarbiya muassasalaridan farqli ravishda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni sog`ligini mustaxkamlash, bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda korreksiyalash, bolalaning intellektual, shaxs sifatida va jismoniy rivojlanishini ta`minlash, bolalarni nuqsonlarni korresiyalangan yoki kompensasiyalangan holda maktabga tayyorlash ishlari olib boriladi va guruxlarda nuqson turiga qarab 6 tadan 12 tagacha bola tarbiyalanadi.
SHunga ko`ra mashg`ulotlar frontal, guruxli va  individual bo`ladi. Talabalarning yuritgan ish xujjatlarida ham umumtipdagi maktabgacha tarbiya muassasalarida amaliyot o`tayotgan talabalarning ish xujjatlariga nisbatan bir qator o`zgarishlar bor.  Masalan, nutq nuqsoniga ega bolalar MMTMda mashg`ulot  ishlanmalari frontal, guruxli (duduqlanuvchi bolalar guruxi, nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar guruxi), individual (bola nutqiga aloxida tovushlarni qo`yish) tarzda tuzilgan.  
            Uslubchilar tamonidan talabalarga  boladan va uning ota-onasidan anamnez ma`lumotlarini olish ko`nikmasi, zond bilan ishlash ko`nikmalari va nogiron bolasi bor ota-onalar bilan ularning defektologik savodxonliklarini oshirish yuzasidan kerakli ko`rsatmalar berish borasidagi ko`nikmalarni shakllantirish yuzasidan ishlar olib borilgan va bu ishlar uslubchilarning malakaviy amaliyot bo`yicha tuzilgan ishchi dasturlarida o`z aksini topgan. 
 
Kafedra mudiri:                                               SH.Toshmatova