Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o`qitish metodikasi yo`nalishi 4 bosqich talabalari malakaviy pedagogik amaliyotda
26 Ноябрь 2016

 Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o`qitish metodikasi yo`nalishi

 4 bosqich talabalari malakaviy pedagogik amaliyotda
Kimyo o`qitish metodikasi yo`nalishining 4-bosqichni 2016-2017 o`quv yilida 60 nafar   talabalar bitirishadi. 2016 yil 7 noyabrdan 2017 yil 4 fevralga qadar ushbu talabalar institut rektorining buyrug`i bilan Qo`qon shahridagi 8 nafar maktablarga malakaviy pedagogik amaliyot o`tash uchun yuborilgan. Barcha malakaviy pedagogik amaliyot o`tash uchun tanlangan maktablarning kimyo o`quv xonasi qo`shimcha preparator xonasi bilan jihozlangan bo`lib, talabalarning ish o`rinlari shu xonalarga joylashtirilgan. Xonalar shinam, barcha reaktiv va kerakli jihozlar bor. 
Amaliyotchi talabalarga kafedraning malakali uslubchilar rahbar sifatida biriktirildi. Maktab ma`muriyatlari talabalarni samimiy kutib olishdi. 
1- va 2-haftalarda amaliyotchi talabalar maktab rahbariyati, jamoasi va fan o`qituvchilarining suhbatida bo`lishdi, sinflarga sinf rahbarining yordamchisi sifatida biriktirildi va ularning ish xujjatlarini o`rganishdi, maktabning malakali o`qituvchilarining darslarini kuzatishdi.o`zlariga biriktirilgan sif o`quvchilari bilan tanishishdilar. Kelgusida birgalikda ishlash maqsadida ularning umumiy qiziqishlari va shaxs sifatidagi xislatlarini o`rganishdilar.
3-haftadan boshlab amaliyotchi talabalar mustaqil dars o`ta boshlashdi. O`tilgan har bir dars fan o`qituvchisi, kafedradan biriktirilgan uslubchi hamda pedagog, amaliyotchilar ishtirokida kuzatilib, taxlil qilib borilmoqda. 
Talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotidagi davomati institut o`quv bo`limi xodimlari, fakultet va kafedra rahbarlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.  Amaliyotchi talabalar uslubchilar bilan doimiy aloqalar bo`lib, ularda zaruriy maslahat, ko`rsatma va tavsiyalarni o`z vaqtida olishmoqda.