Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va xuquq ta`limi yo`nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida malakaviy pedagogik amaliyotga bag`ishlangan anjuman
26 2016

 “Milliy  g`oya, ma`naviyat asoslari va xuquq ta`limi”  yo`nalishi  4-kurs talabalari ishtirokida malakaviy pedagogik amaliyotga bag`ishlangan anjuman 

bayonnomasi
Qo`qon  shahri 2016 yil 7 noyabr
Qatnashdilar: ilmiy ishlar  prorektori D.Xodjaeva, 
Tarix fakulteti dekani B.Aminov, 
Kafedra mudiri Z.Boytemirova, 
mutaxassislik fani uslubchilari, 
psixologiya fani uslubchisi D.Burxonova, 
pedagogika fani uslubchisi M.Meliqo`zieva
 va amaliyotchi talabalar
 
Kun tartibi:
 
1. Bitiruvchi kurs talabalarini amaliyotga chiqarish haqida
 
Masala yuzasidan kafedra mudiri Z.Boytemirova so`zi: Hurmatli talabalar mana bugun institut rektorining buyrug`iga asosan IV  bosqich  talabalari 2016 yil 7 noyabrdan 2017 yil 7 fevralgacha Qo`qon shaxrining maktab va kollejlarida amaliyot o`taydilar.. Amaliyot jarayonida  amaliyotchilar fan o`qituvchilarining darslarini kuzatadilar xamda murabbiylar bilan yaqindan tanishadilar. SHu bilan birga fan o`qituvchilari va murabbiylarning ish xujjatlari, dars konspektlaridan namunalar oladilar.SHuningdek,kuzatilgan darslarni amaliyot uslubchilari,pedagog,psixolog,fan o`qituvchilari xamda amaliyotchilar ishtirokida taxlil qiladilar.O`ylaymanki,  amaliyot davomida talabalar bu erda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda keng va samarali qo`llaydilar.
Masala yuzasidan institut ilmiy ishlar prorektori D.Xodjaeva ham o`z fikrlarini bildirib o`tdi: Ushbu davr mobaynida uslubchilar o`z rejalari asosida  amaliyotchilar faoliyatini tashkil etadilar va kuzatib boradilar. Amaliyotchilarga tegishli maslahatlar va fanlar bo`yicha yangiliklar xaqida ma`lumotlar berib boriladi. Amaliyotchilar amaliyot davomida o`quv-uslubiy ishlar bilan birga amaliyot obektlarining  ma`naviy- ma`rifiy tadbirlarida xam faol ishtirok etadilar. Amaliyot o`tkazish yuzasidan bir qator yangi talablar ishlab chiqilgan. Ushbu yangiliklar bilan amaliyot uslubchilari tanishtirib boradilar. Amaliyotda sizlarga muvaffaqiyatlar tilayman.
  Tarix fakulteti  dekani B.Aminov shunday dedi  Ushbu amaliyot davomida siz ushbu ta`lim dargohida olgan bilim va ko`nikmalaringizni yanada oshirasiz hamda ularni amaliyotda qo`llash malakasini shakllantirasiz. SHuning uchun xar bir amaliyotchi bu davrda o`z ustida mustaqil ishlashi amaliyot ob`ektlari ma`naviy-ma`rifiy hayotida faol ishtirok etasiz deb umid bildiraman. 
Anjumanda psixologiya fani uslubchisi D.Burxonova, pedagogika fani uslubchisi M.Meliqo`zievalar ham o`z fikrlarini aytib o`tdilar. Amaliyotchi talabalardan SH.Jo`raboev, U.Abdullaevlar yuqorida bildirilgan fikrlarni ma`qullab, amaliyotni yuqori saviyada o`tkazib ustozlar ishonchini oqlashga va`da berdilar.
 
Kafedra mudiri:                                                              Z.Boytemirova
Kotib:                                                                                   SH.SHomurodov