64- maxsus maktabgacha ta`lim muassasida o`tkazilgan uchrashuv
04 Февраль 2017

 64-sonli tayanch a`zolari buzilgan (nogiron va falaj) bolalar muassasi  rahbari O`rinova Go`zalxon  bilan uchrashdik va bolalar bilan muloqat o`tkazishga ro`hsat oldik. Bizni nogironlar uyi murabbiysi boshchiligida ettita guruhga kirib bolalar bilan uchrashdik. Ularga guruhlar bilan tayyorlab borgan tadbirimizni namoish etdik. Bolalarga do`ppilar, yumshoq o`yinchoqlar, shirinliklar ulashdik. Bolalar bizlarning kelajagimiz.  Biz barchamiz shu bolalarga shifo hamda kelajakda o`z o`rinlarini  topishlarini tilab qolamiz. Shundan so`ng 64-maxsus maktabgacha ta`lim muassasi  rahbariyati bilan xayrlashdik va yana kelib turishimizni bildirdik.

So`zga chiqdilar: Guruh rahbari M.Ibragimova  - Biz talabalar 64- maxsus maktabgacha ta`lim muassasi  bolalaridan xabar olganligimizdan hursandmiz. Bundan kiyin ham bu bolalardan doimo xabar olib turishga guruhlar bilan kelishib oldik.  64- maxsus maktabgacha ta`lim muassasi  bolalarini ko`nini ko`tarish, oz bo`lsada ularni ro`hiyatini ko`targanimizdan hursandmiz.