ochiq dars ishlanmasi
04 Февраль 2017

 MUQIMIY NOMIDAGI

QO`QON DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI
 
Pedagogika fakulteti
 “Mehnat ta`limi” kafedrasi
 
  o`qituvchisi F. Yusufxodjaeva
201guruh Mehnat ta`limi  yo`nalishida “Mehnat ta`limi praktikumi”  fanidan  “Tikuv buyumlarini kashta bilan bezatish”  mavzusida o`tkazilgan 
 ochiq dars ishlanmasi
 
 
 
Qo`qon – 2017 yil
 
33 Mavzu. Tikuv buyumlarini kashta bilan bezatish.
                       Reja.
1. Qiyiqcha gullarni tikishda  naqshlarni chizish.  
        2. Qiyiqcha gullarni tikishda rang tanlash.  
        3. Qiyiqcha gullarni kashta choklardan foydalanib tikish.              
             
 CHopon, qiyiq, joynamoz, palak kabilar o`zbek xalqining milliy tikuv buyumlaridan sanaladi. O`zbek xalqining ko`p asrlik tarixida milliy hunarmandchilik turlari bor va rang-barang madaniy meroslarning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O`zbek diyorida vujudga kelgan, gullab-yashnayotgan san`at turlari bemisl va betakrordir. O`zbekiston va umuman O`rta Osiyo xalqlarining bizgacha yetib kelgan naqshlari alohida o`rin tutadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo`qon va boshqa shaharlardagi me`moriy va xalq amaliy bezak san`ati yodgorliklari o`tmish avlodlarimiz yaratgan takrorlanmas bebaho san`at namunalari bo`lib, ular nafaqat bizning, balki butun insoniyatning madaniyat durdonalari, badiiy merosi hisoblanadi. 
Ma`lumki, naqqoshlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, savatchilik, kashtachilik, zardo`zlik kabilar o`zbek milliy hunarmandchiligining keng tarqalgan turlaridir. So`zana, zardevor, gulko`rpa, choyshab, joynamoz,  do`ppi, qiyiq kabi tikuv buyumlari esa o`zbek milliy kashtachiligining asosini tashkil qiladi. O`zbek kashtachiligi asrlar osha iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog`liq holda barcha kasb-hunarlar bilan birga rivojlangan.  Ispan  elchisi Riy Gansalez De Klavixo Amir Temur saroyida o`zbek milliy kashtasini ko`rganini kundaligiga yozib qoldirgan. 1547 yili Kamollidin Behzod “Zafarnomaga” asariga ishlagan “Temur taxti” miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani aks ettirgan. Milliy uy buyumi va kiyimi bo`lgan qiyiqchalar bugungi kunda ham xalqimiz orasida o`zining ahamiyatini yo`qotmagan. SHuning uchun ham hozirgi paytda har bir o`zbek xonadonida qiyiqchalarni yoki qiyiqlarni ko`rish mumkin. Yana eng quvonarlisi shundaki, bunday qiyiq yoki qiyiqchalarni ko`pchilik tayyorlay oladi. 
Qiyiqcha bizning tariximizga dastro`mol sifatida kirib kelgan. Qiyiq havo isib ketib kishi terlaganda sochiq,ovqatlanganda dasturxon sifatida ishlatilgan, bundan tashqari qiyiqlar erkaklar uchun belbog` vazifasini ham bajargan (57-rasm). Ayniqsa kuyov qiyiqlar alohida hurmat va ahamiyatga ega hisoblanadi.
 
      Qiyiq – chorsi deb xam yuritilgan. CHunki uning to`rt tomoni bir xil o`lchamda bo`lib, belni bog`lash, non tugish uchun mo`ljallangan. Qiyiqning o`lchami asosan 60×60; 70×70; 80×80 o`lchamlarda bo`lgan. Qiyiq atlas, las, krepsatin, chit kabi matolaridan tayyorlangan. Qiyiq tikishni o`ziga xos qoidalari bo`lib, unga tushiriladigan  naqsh va bezaklar suv, zanjir, puxtalama, ajamay choklaridan foydalanib qo`lda va mashinada tikiladi. Qiyiqcha uchun “mulina” “ilas” “romashka” iplar ishlatiladi. Avval gazlama 60×60 sm (yoki 70×70, 80×80 sm)  o`lchamda qirqib olinadi (53-rasm). CHetlari ko`klab chiqiladi, so`ngra nusxa ko`chiriladi. Naqsh elementlari tushirib olinadi. So`ngra biz tikkan chok turlaridan foydalanib yormatikish mumkin. 
                                   1- Amaliy ish:
1. Gazlamalar tekislab dazmollanadi. 
2. Gazlamadan to`rt burchak shakl (60×60 sm) 
     kesib olinadi (58-rasm). 
3. Qiyiqchaga gul nusxasi  tushiriladi.
4. Qiyiqcha chetlari ko`klab chiqiladi.  
Eslatma. Angishvona, qaychi va dazmol bilan                 58-rasm. 
ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinadi.
G`altakdan ipni uzib olishdan oldin qancha ip kerakligini bilib olish kerak. Qo`lda bajariladigan ishlar uchun ipning uzunligi ishchining barmoqlaridan to tirsagigacha bo`lgan masofadan ikki marta katta bo`lishi (80 sm oshmasligi) lozim. G`altakdan chiqib turgan ipning uchini chap qo`lning bosh va ko`rsatkich barmoqlari bilan ushlab, bukilgan qo`l bo`ylab, ya`ni panjalardan tirsakkacha va yana orqaga, bosh barmoqqacha g`altakdan chuvatiladi, keyin g`altakdan uziladi. Ignaga ip o`tkazishdan oldin o`ng qo`lning bosh va ko`rsatkich barmoqlari bilan ipning uchi buraladi. Qo`l ishlarini bajarishda xavfsizlikni ta`minlash maqsadida angishvonadan foydalaniladi. Angishvonalar ikki xil bo`ladi:  tubli va tubsiz. Tubli angishvonalar yengil kiyimlarni tikishda ishlatiladi. Tubsiz angishvonalar esa ustki kiyimlarni tikishda ishlatiladi. Angishvona alyuminiy yoki jezdan tayyorlanadi. Angishvona o`ng qo`lning o`rta barmog`iga kiyiladi, u barmoqni qismay yopishib turishi kerak. Umuman olganda qiyiqlar qaysi maqsadda tikilishiga qarab, gazlama, ip va naqsh tanlanadi. Qiyiqlar ikki xil maqsadda tikiladi: 1) kiyim sifatida; 2) buyum sifatida. Hozirgi kunda qiyiqlar nafaqat qo`lda balki tikuv mashinasida xam tikilmoqda (59-rasm).                        
Qiyiqqa solingan gularni suv yoki zanjir chokida tikish mumkin. Suv choki deyilishiga sabab - bu chok uzilmay tikiladi. Bu chokni tikishda igna uchi  tikuvchiga qaratib tikiladi va chokning qadami bir tekisda ketishiga ahamiyat beriladi. Bu chokdan qiyiq tikish bilan birga do`ppi chetlari va ko`ylaklardan gul solishda foydalaniladi. 
 
Zanjir choki (60 -rasm), bu chok zanjirdek bo`lganligi uchun zanjir chok deyiladi. Bu chokni qo`lda yoki bir ipli zanjirsimon tikuv mashinasida (popop) tikish mumkin. Bu chokdan qiyiq tikish bilan birga bolalar va ayollar kiyimlarini bezashda ham foydalaniladi. 
                    60-rasm.
                               1- Amaliy ish:
1. Suv chok va zanjir choklar tikilgan qiyiqchalarni ko`zdan kechirish.
2. Suv va zanjir choklarni qanday tikilishini o`rganish.
3. Qiyiqqa suv yoki zanjir chokni tikishni rejalashtirish.
4. Reja bo`yicha qiyiqqa suv yoki zanjir chokni tikish. 
 
        Qiyiqni jozibali chiqishi uchun rang tanlash katta ahamiyatga ega. Rang tanlashda gazlama rangiga qarama-qarshi (kontrast) ranglar tanlanadi. Oq-qora, yashil-qizil, ko`k-zarg`aldoq (to`q sariq). Tikish davomida gazlama o`ngida tugunchalar hosil bo`lmasligiga ahamiyat berish kerak. 
2-Amaliy ish:
1. Talabalarga dastlab qiyiqqa o`zlari hohlagan shaklni – naqshni tushirishga ruxsat beriladi. 
2. Gazlama rangiga mos ip tanlashga e`tibor beriladi. 
3. Qiyiqcha  chetlariga tushirilgan xomaki reja chiziq bo`yicha gul yoki naqshlar tikiladi.
 4. Qiyiqchaga naqshlarni tikib bo`lgach, qaychi yordamida ortiqcha iplar qirqiladi.
5. CHoklar tekislanadi va dazmollanadi.
     Har qanday buyumni tikib bo`lgach, unga oxirgi ishlov beriladi. Bunda odatda pardozlash va dazmolash ishlari amalga oshiriladi. Tayyor bo`lgan buyum iplardan tozalanadi. CHoklarga dazmol orqali namlik-issiqlik ishlovi beriladi. Dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy rioya qilish shart! Dazmollash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: suv purkash yo`li bilan va suvsiz.  
 
Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar 
1. Q.M.Abdullaeva Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari.-T.: 2003.-150 b.
2. M.SH.Jabborova Tikuvchilik  texnologiyasi.-T.: 1994.-217 b.
3. T.Truxanova Tikuvchilik texnologiyasi asoslari.-T.: 1996.-270 b.
4.   Poshshaxo`jaeva, SH.A.Abdurahmonova, S.Po`latova «Xizmat ko`rsatish  
      mehnati» 5,6,7- sinflar uchun o`quv qo`llanmalar. Toshkent. «O`qituvchi».  
      1993.-60 b.
Elektron ta`lim resurslari
1. www. tdpu. Zu                 2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. Zu            4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped