Buyuk me`mor
07 Февраль 2017

 Unda Muqumiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o`qitish me’todikasi kafedrasi o`qituvichlaridan:  KO`M kafedrasi dosenti Isakov M. KO`M kafedrasi katta o`qituvchisi Sodiqov M,  KO`M kafedrasi katta o`qituvchisi Raxmatullaeva G xamda KO`M yo`nalishi talabasi  KDPI Kamolot YOIX BT fakultet etakchisi B. Alievlar  O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov porloq xotirasiga bag`ishlangan  taqdimoti va ma`ruzasini taqdim etdilar.  KO`M kafedrasi dosenti Isakov M o`z so`zida, Vatanimiz boshiga og`ir musibat tushganligi, muhtaram  Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini  yodga olish maqsadida “Xotira” davra suxbatlari deb atalganligini e`lon qildi. Islom Abdug`anievich Karimov mustaqil O`zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O`zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo`lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o`chmas va yorqin iz qoldirganligini aytib o`tdi. Xotira darslarida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning porloq xotirasiga bag`ishlangan “Xotira abadiy” deb nomlangan video roliklar, Prezident hayotiga oid jasorat yo`llari, o`quvchilarning dil izxorlari, she’rlar aks ettirildi.