QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BO`LIMIDA OCHIQ DARS O`TKAZILDI
08 Февраль 2017

 Nutq madaniyati  komunikativ aloqa vositasi 

 
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq ta`lim tizimiga a`loxida davlat siyosati darajasida axamiyat berila boshlandi. Bu bejiz emas albatta, chunki yosh avlodni etuk, barkamol bo`lib shakllanishi va yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishi, xamda mamlakatimizning jaxonda xar tomonlama rivojlangan davlatga aylanishida ta`lim tizimining o`rni beqiyosdir.
Bu borada 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O`zbekistonda ta`lim tizimining asosi bo`lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda   ta`lim jarayonlarida na`munali darslar, ya`ni “Ochiq dars”larni tashkillash va o`tkazish odat tusiga aylangan. 
 
 2017-yil 25-yanvar kuni QDPI ning magistratura bo`limi 2-bosqich magistrantlarida “O`qituvchi nutq madaniyati” fanidan “NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI” mavzusida ochiq dars o`tkazildi. Dars quyidagi reja asosida olib borildi: 1. “Umidlar guli” o`yini  2. Nutqning kommunikativ sifatlari yuzasidan “Zinama – zina” o`yin – topshirig`i 3. Notiqlik chiqishi va uning muhokamasi 4. “Venn diagrammasi” 
“Ochiq dars”ni o`zbek til kafedrasi katta o`qituvchisi Axmedova Hikmatxon o`tkazdi. Darsni kuzatish uchun o`quv ishlar prorektori N. Jo`raev, magistratura bo`limi boshlig`i M. Temirboev, o`zbek tili kafedrasi o`qituvchilari: D. Xasanova, . D.Raxmatullaeva,  G`. Raxmonovlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.
 
 
Dars jarayonida kerakli texnik vositalar va ilg`or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi. Darsda barcha magistrantlar faol qatnashishdi. Magistrantlar 4 guruxga bo`lingan xolda  savol va topshiriqlarga javob berib o`zlarining fikr muloxazalarini bildirishdi. “Ochiq dars”da magistrantlar: I. Kamolov, X. Raxmonov, SH. Ruzmatova, R. Abdullaevlar ijodiy fikrlari va ilg`orliklari bilan dars samaradorligini oshirib faol qatnashishdi.