Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Defektologiyayo`nalishi 202-guruhida Buyuk mutafakkir shoir, g`azal mulkining sultoni Amir Nizomiddin Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag`ishlangan Navoiyxonlik kech
15 2017

 Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Defektologiyayo`nalishi 202-guruhida Buyuk mutafakkir shoir, g`azal mulkining sultoni
Amir Nizomiddin Alisher Navoiy 
tavalludining 576 yilligiga bag`ishlangan
“Navoiyxonlik kechasi” 
nomli  adabiy-badiiy tadbiri
 
B AYO N N O M A S I.
10.02.2017 yil.                                                        Pedagogika fakulteti 
504-xona.
Tadbir tashkilotchilari:  Defektologiya yo`nalishi 202- guruh murabbiyi M.Maxmudova, guruhga biriktirilgan o`qituvchi F.Teshaboeva
 
Qatnashdilar: Defektologiya yo`nalishi 202- guruh murabbiyi M.Maxmudova, guruhga biriktirilgan o`qituvchi F.Teshaboeva, professor-o`qituvchilardan D.Ibragimova, M. Alieva, M.Xamidov, A.Ziyaev, S.Umarova
va 27 nafar talabalar.
         Tadbirni Defektologiya yo`nalishi 202- guruh murabbiysi M.Maxmudova kirish so`zi bilan ochib, talabalarni Buyuk mutafakkir shoir, g`azal mulkining sultoni Amir Nizomiddin Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan “Navoiyxonlik kechasi” nomli adabiy-badiiy tadbirini ochib berdi. Tadbirda talabalar Navoiy ijodining asosini tashkil etuvchi inson va uning ma`naviy dunyosi, muhabbat va go`zallik tushunchalari haqidagi asarlardan namunalarni taqdim etib, o`zlarining navoiy olami haqidagi fikrlarini izhor etdilar. 
      A.Navoiyning xamsalari, g`azallari, ruboiylari va dostonlari yuzasidan suhbat olib borildi. SHoir nazarida muhabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig` etuvchi ulug`vor axloqiy kuch. U o`zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma`naviy kuchlarning faol namoyon bo`lishi yo`llarini aks ettiradi. Inson ruhining go`zallikka intilishi va bu go`zallik uchun axloqiy jasorat ko`rsatishga tayyorlik 
Navoiyda shoirning ijodiy  tasavvurida yaratilgan yuksak ulug`vorlik ko`rinishida tasvirlanadi. Navoiy muhabbati haqida so`z ketar ekan talaba A.YOqubov Alisher Navoiy g`azallarini kuygo solib   ijro etdi. SHuningdek, Defektologiya yo`nalishi 202- guruhi talabalaridan S.Nosirova, SH.Soliev, SH.Mamajonova, M.Astanaqulovalar o`zlari o`qigan, dilga yaqin bo`lgan Navoiy g`azallari, ruboiy, muxammas va tuyuqlaridan ifodali o`qib berdilar.