Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Defektologiya kafedrasining Qo`qon shahar XTMFMTTE bo`limi tasarrufidagi 39-maxsus maktabgacha muassasasi defektolog-tarbiyachilari bilan hamkorlikda I.A.Karimov xotirasiga bag`is
15 Февраль 2017

 Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Defektologiya kafedrasining
 Qo`qon shahar XTMFMTTE bo`limi tasarrufidagi 39-maxsus maktabgacha muassasasi defektolog-tarbiyachilari bilan hamkorlikda I.A.Karimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan 
“Mustaqillik Me`mori ” nomli davra suxbati 
B AYO N N O M A S I.
 
02.02.2017                                                        Qo`qon shahar 39-MMTM
Kun tartibi.
1. O`zbekiston Respublikasining1-Prezidenti I. A. Karimovning tug`ilgan kunlari munosabati bilan xotira tadbiri taqdimoti.
2. “I.A.Karimov xotirasi mangu yodimizda”. Ma`ruzachi: Defektologiya kafedrasi o`qituvchisi D.Yuldasheva.
3. “I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish” haqidagi SH.Mirziyaevning ma`ruzasi. Ma`ruzachi: Defektologiya  kafedrasi o`qituvchisi F.Teshaboeva.
4. “I.A.Karimovning barcha sohadagi amalga oshirgan ishlari va asarlari” Ma`ruzachi: M.Maxmudova.
“Mustaqillik Me`mori ” nomli davra suxbati tashkilotchisi: Defektologiya kafedrasi.
Qatnashdilar: Qo`qon DPI Defektologiya kafedrasi o`qituvchilari D.Yuldasheva, F.Teshaboeva, M.Mahmudova, amaliyotchi talabalar va muassasa mgdirasi, defektolog-tarbiyachilari .
Eshitildi: Defektologiya kafedrasi o`qituvchisi D.Yuldasheva O`zbekiston Respublikasining1-Prezidenti I. A. Karimovning tug`ilgan kunlari munosabati bilan xotira tadbiri ma`ruza-taqdimoti qildi.
 
SHundan so`ng, Defektologiya kafedrasi o`qituvchisi F.Teshaboeva “I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish” haqidagi SH.Mirziyaevning ma`ruzasini taqdimotli ma`ruza qilib berdi. Ma`ruza davomida ma`ruzachi muzeylar, zavodlar, aeraport v a bir qancha inshootlar, ko`chalaru mavzelarga I.Karimovning nomi berilganligi haqida atroflicha amaliy ma`lumotlarni berdi.
 Defektologiya kafedrasi o`qituvchisi M.Maxmudova “I.A.Karimovning barcha sohadagi amalga oshirgan ishlari va asarlari” mavzusida taqdimotli ma`ruza qilib, unda asarlaridagi o`gitlari, yuksak darajadagi fikrlari va asarlarining mazmun-mohiyati haqida ma`lumot  berdi. 
Suxbat davomida seminar qatnashchilaridan 39-MMTM mudirasi N.Qo`qonboeva, muassasa defektologlari M. Abdullaeva, Z.Mavlonova  va boshqalar munozaralarda qatnashib ma`ruzalar yuzasidan o`z fikr mulohazalarini bildirdilar.
 
Qo`qon shahar XTMFMTTE bo`limi tasarrufidagi 
39-MMTM mudirasi:                                                          N.Qo`qonboeva
 
Kotib:                                                                                    S.Umarova