Kitobxonlar bayrami
10 Март 2017

 Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti

 “Kitobxonlar bayrami

Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika institutida joriy yilning 10 mart kuni “Kitobxonlar bayrami” bo`lib o`tdi. Farg`ona viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, ta`lim muassasalari vakillari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, talaba- yoshlar ishtirok etdilar.

 

Tadbirda mamlakatimizda halqimiz ma`naviyati va intellektual salohiyatini yuksaltirish, tafakkurini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mutolaaga qiziqishini va kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi. 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobmuomalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishi muhim dasturi amal bo`lmoqda.

10 mart kuni Qo`qon Davlat pedagogika oliygohida o`tkazilgan “Kitobxonlar bayrami” ham ana shu qarorning yaqqol ijrosi bo`ldi.  Oliygoh hovlisi talabalar va yurtdoshlarimizning gavjumligi, qizg`in kayfiyatlari bilan bayramona tusga kirdi. Bu  ,albatta, ona xalqimizning kitobga, ma`naviyatga bo`lgan yuksak mehru muhabbatining bir namunasidir! Kitob bayramiga oliygohning O`zbek tili va adabiyoti fakulteti “Iste`dod” to`garagi a`zolari, kasb-hunar kollej va akademik lisey hamda umumta`lim maktablarning kitobxon o`quvchilari tomonidan tashkillangan she`riy-badiiy sahna chiqishlari o`zgacha ko`rk berdi.

 

Eng quvonarlisi, kitobxonlar rasmiy, siyosiy huquqiy mazmundagi kitoblarga ham katta qiziqishda bo`ldilar. Xususan, Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari ko`pchilik kitobsevar yurtoshlarimining e`tibor markazida bo`ldi. Kitob bayramida 10000 dan ortiq kitoblar savdosi tashkil etildi.