QDPI xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi 201-guruh tomonidan 10.03.2017 yilda Institut faollar zalida Assalom Bahor deb nomlangan tadbir o`tkazildi.
17 2017

 QDPI xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi 201-guruh tomonidan 10.03.2017 yilda Institut faollar zalida “Assalom Bahor” deb nomlangan tadbir  o`tkazildi.Tadbirni QDPI ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori A. Husanov ochib berdi. Tadbir 201-guruh qizlari ijrosidagi bahor valsi bilan boshlandi. So`ng boshlovchilar M. Abduvohidova va S. Abdulhamidov sahnaga chiqib ishtirokchilarni birma-bir she`riy tarzda tanishtirishdi. Talabalar tomonidan bahor haqida she`rlar, turli xalqlarning raqslari ijro etildi. Kulgili sahna ko`rinishlari yig`ilganlarga ko`tarinki kayfiyat ulashdi.Tadbir yakunida  xorijiy tillar fakulteti murabbiylar kengashi raisi Z. Masodiqova tadbirni tashkil etgan guruh rahbari Z. To`xtasinovaga minnatdorchilik bildirgan holda tadbirga yakun yasadi.