``Moodulli o`qitish tizimi`` imkoniyatlari mavzusida o`quv seminar tashkil etildi
18 Март 2017

 2017-yil 18-mart kuni institutni Axborot resurs markazida Axborot texnologiyalari xodimlari tomonidan ``Moodulli o`qitish tizimi`` imkoniyatlari mavzusida o`quv seminar tashkil etildi. O`quv seminarda har bir kafedradan 1 nafardan professor-o`qituvchilar qatnashdilar. Axborot texnologiyalari xodimlari tomonidan seminar ishtirokchilariga moodulli o`qitish tizimi haqida to`liq ma`lumot berildi. Sundan so`ng har bir qatnashuvchi alohida kompyuterlarda o`zining fanini moodulli o`qitish tizimiga amalda kiritib chiqdilar. Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ATM xodimlari tomonidan javob berildi.