Ochiq eshiklar kuni tadbiri o`tkazildi
31 Март 2017

 Qo`qon davlat pedagogika institutida uzluksiz ta`lim tizimi muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini institut o`quv, ilmiy va ma`rifiy hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda ularni ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 30-31 mart kunlari institutda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi o`quvchilari uchun Ochiq eshiklar kuni tadbiri o`tkazildi. Mazkur tadbirni tashkil etish bo`yicha institut rektorining 2017 yil 18 martdagi “Institutda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbirini o`tkazish to`g`risida”gi 134-sonli buyrug`i chiqarildi. Farg`ona viloyati hokimligining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hududiy boshqarmasi bilan belgilangan tartibda aloqalar o`rnatilib, Qo`qon shahar va atrof tumanlar kasb-hunar kollejlari bitiruvchi o`quvchilari 3000 nafar tashrif buyurdi. Institut ma`muriyati, barcha kafedra pedagog-xodimlari hamda iqtidorli talabalar tomonidan tashrif buyurgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda o`qituvchilari iliq kutib olindi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-, 2-, Rishton akademik lisey hamda Qo`qon shahar va atrof tumanlar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining qariyb 80 % mazkur tadbirda faol qatnashdilar. Ular uchun yaratilgan ta`lim tizimidagi eng so`ngi yutuqlar foto, video lavhalar, ko`rgazmali qurollar, institut professor-o`qituvchilar tomonidan chop etilgan o`quv qo`llanma, uslubiy qo`llanma, uslubiy ko`rsatmalar hamda talabalar tomonidan qo`lda  yaratilgan buyumlar va kuy qo`shiqlar alohida ahamiyat kasb etdi. Ta`lim yo`nalishlari bo`yicha tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Ayniqsa, “Rio-2016” XXXI olimpiada o`yinlarida boks bo`yicha kumush medali sohibi Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Bektemir Meliqo`ziev bilan jonli muloqot barcha mehmonlar qalbida unutilmas onlarni taqdim etdi. SHu lahzalarda har bir akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining qalbi Bektemirning ko`ksida Vatan hissi bilan yonayotgan yuragi misoli urgan bo`lsa ajab emas.

Mazkur tadbir “Farg`ona” teleradiokanali hamda bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritildi.

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga har bir ta`lim yo`nalishining strukturasi, faoliyati, va mazmunini o`zida to`laqonli aks ettirgan bukletlar taqdim etildi.

Tadbirdan kutilgan natijaga ya`ni, yosh o`quvchilar ongida va qalbida vatanga, ilmga bo`lgan mehrini yanada kuchaytirish, kelajakka bo`lgan intilishni yuqori darajaga ko`tarish har bir bitiruchi yuzida ifodalangani erishilganidan dalolat beradi.