Ustoz shogird an`analari
31 Март 2017

31-mart kuni Pedagogika fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” kafedrasi pedagog xodimlari va talabalari “2017 yil – xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga” bag`ishlab “Ustoz shogird an`analari” deb nomlangan ko`rgazmasini tashkil qildi. Ko`rgazmada o`qituvchilar F.Po`latov, U.Sharaboyev, I.Mamatov, V.Buvayevlarning talabalardan esa S.Rahmatullayev, H.Saidg`aniyev, G.Mamajonova, S.Abdullayeva, O.Suyunqo`ziyeva va boshqalarning ijodiy ishlari namoyish etildi.