Qo`qon davlat pedagogika instituti 2016/2017 o`quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida tadbir o`tkazilgan
02 Май 2017

 Anjumanda o`quv ishlari bo`yicha prorektor N.S.Jo`raev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor A.J.Husanov, ilmiy ishlar bo`yicha prorektor D.SH.Xodjaeva, marketing xizmati bo`limi boshlig`i O.T.Yuldashev, Qo`qon shahar Bandlikka ko`maklashish markazi rahbari o`rinbosari N.Nazarov, Buvayda tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi xodimlar bo’limi boshlig`i M.YAxshiboeva, Bog`dod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi xodimlar bo’limi boshlig`i N.Nasriddinova hamda Uchko`prik tumani, O`zbekiston tumani, Beshariq tumani, Dang`ara tumani, Furqat tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi vakillari, Qo`qon shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 33, 19, 18, 42, 15, 28, 27, 25, 9, 35, 26, 38, 29, 12, 22, 21, 10, 4-maktab rahbarlari, O`zbekiston tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli   44, 41, 58, 64, 63, 39-maktab direktorlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari hamda bolalar va o`smirlar sport maktablari rahbarlari, hamda institut bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar.

Anjumanni o`quv ishlari bo`yicha prorektor N.S.Jo’raev kirish so`z bilan ochib berdi.

N.S.Jo`raev o`z so`zida quyidagilarni bayon qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi  “2005/2006 o’quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to`g`risida”gi PQ-92-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi “2017 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to`g`risida”gi SK-124-III-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 20 yanvarda 38-sonli “2016/2017 o`quv yilida institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni ta’minlash to`g`risida”gi institut rektorining buyrug`i chiqarildi. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash, joylashtirish va ularning bandlik monitoringini o`tkazish bo`yicha 2017 yil uchun oylar kesimida yillik namunaviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va chora-tadbirlar rejasiga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.

2016/2017 o`quv yilida kunduzgi bo`limni tamomlayotgan bakalavr va magistratura yo`nalishidagi bitiruvchi talabalarni ta’lim yo`nalishlari asosida viloyat, tuman (shahar)lar kesimida taqsimlanib Farg`ona viloyatining “Farg`ona haqiqati” gazetasining 2017 yil 22 martdagi 24-sonida xududlar kesimda taqsimlanishi to`g`risida e’lon berildi. Ushbu e’longa muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limlari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari va bolalar va o`smirlar sport maktablaridan pedagog kadrlarga bo`lgan extiyojlar qabul qilinmoqda va ko`rsatilgan ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchi talabalar ishga yuborish ko`zda tutilmoqda.

2016/2017 o`quv yilida institutni 1381 nafar talabalar bitirmoqda. Bakalavriat ta’lim yo`nalishlari bo`yicha 1341 nafar bo`lib, shundan 453 nafari davlat granti asosida, 889 nafari to`lov-kontrakt asosida bitiruvchi talabalardir.

2016/2017 o`quv yili bitiruvchilaridan uch tomonlama “Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko`maklashish to`g`risida” shartnoma tuzish jarayoni davom etmoqda. Shartnoma tuzilishini tahlil qilinganda 1299 (94%) nafar talabalar ish beruvchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirilganligi aniqlandi. 82 (6%) nafar talabalarimiz shartnoma tuzish jarayonida. Hozirda sizlarda mavjud bo’sh ish o`rinlari, kadrlarga bo`lgan extiyojlardan kelib chiqib ushbu talabalarimiz bilan shartnomalar tuzishni taklif etamiz.

 2016/2017 o`quv yili bitiruvchilaridan uch tomonlama “Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko`maklashish to`g`risida” shartnoma tuzish jarayoni davom etmoqda. Shartnoma tuzilishini tahlil qilinganda 1299 (94%) nafar talabalar ish beruvchilar bilan shartnomalarni rasmiylashtirilganligi aniqlandi. 82 (6%) nafar talabalarimiz shartnoma tuzish jarayonida. Hozirda sizlarda mavjud bo’sh ish o`rinlari, kadrlarga bo`lgan extiyojlardan kelib chiqib ushbu talabalarimiz bilan shartnomalar tuzishni taklif etamiz.


Marketing xizmati bo`limi boshlig`i O.T.Yuldashev o`z so`zida bitiruvchi talabalarga institut tomonidan o`qishni tugatganlaridan so`ng institut tomonidan bitiruvchilarga “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to`g`risidagi nizom”ga asosan ishga yuborilganlik to`g`risidagi yo`llanma, ish joyidan olib kelishi zarur bo`lgan xujjatlar va bitiruvchini haqiqatda ishlayotganligini monitoring qilish to`g`risida dalolatnomalar haqida tushunchalar berib o`tdi.