Qo`qon davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik liseyning o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan Talim tarbiya metodlari va ularga yangicha yondashuvlar mavzuida tadbir bo`lib o`tdi
03 2017

 Tadbirni Qo`qon DPI “ Umumiy pedagogika-psixologiya” kafedrasi professor-o`qituvchisi S. Isamitdinov ochib berdi. Qo`qon DPI dosenti, M. Umarova tadbir ishtirokchilarini va barcha  professor-o`qituvchilarni, AL. pedagogik jamoasi bilan hamkorlikdagi ishlarini uzviy, uzliksiz, tizimli tashkil etilishini, o`quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni o`quv yili davomida doimiy reja asosida tashkil etilishini alohida ta’kidladi.

Qo`qon DPI. dosenti O`. Yo`ldashev ta’limdagi o`qitish usullari haqida ilmiy, nazariy  ma’lumotlar berib, didaktikaning paydo bo`lishi, Volfgan Ratke tomonidan 1613 yili fanga olib kirilganini, didaktikaning o`ziga xos soxa sifatida rivojlanib borayotganini, didaktikaning nazariy va amaliy tomonlarini mazmunan ochib berdi. Jumladan, o`qitish jarayoni, o`qituvchining darsdagi faoliyatini, ta’lim metodlarini, vositalarini, shakllarini, ta’lim mazmuni va prinsiplarini formula asosida tushuntirib berdi. So`ngra o`qituvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob qilindi.

Katta  o`qituvchi o`z so`zida tarbiya usullari haqida ilmiy, nazariy  ma’lumotlar berib, tarbiyaaning  o`ziga xosligini, uzoq muddat davom etadigan jarayonligini  mazmunan ochib berdi. Jumladan, Tarbiya jarayoni metodlarini, vositalarini, shakllarini, tarbiya mazmuni, prinsiplarini ilmiy, nazariy, amaliy  jihatdan  tushuntirib berdi. So`ngra o`qituvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob qilindi.