O`zbekiton Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi farmoni ijrosini taminlash maqsadida Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti o`zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan ajoyib uchrashuv, adabiyot bayrami tashkil e
03 Май 2017

 O`zbekiton Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi farmoni ijrosini taminlash maqsadida Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti o`zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan ajoyib uchrashuv, adabiyot bayrami tashkil etildi. Mazkur tadbirda O`zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim, Xurshid Davron hamda adabiyotshunos  Olimjon Davlatovlar ishtirok etdilar.

Mehmonlar fakultetimizga tashrif buyurib talabalar tahsil olayotgan go`shani ko`rib o`tishdi. Keyin uchrashuv joyiga olib borildi. Majlislar zali talaba yoshlar bilan gavjum. Tadbir boshlanar ekan, hamma bugungi she’riyat kechasi o`zgacha bir fayzli, tarovatli o`tishini his qilishdi desam yanglishmayman. Dastlab fakultet o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari dotsent Z.Qobilova “Bugungi she’riyat va unda Usmon Azim va Xurshid Davronning tutgan o`rni” haqida fikr bildirildi. Usmon Azim so`z olib barcha talaba yoshlarni o`qish va ishlarida ulkan muvofaqiyatlar tiladi. Shoir she’rlaridan bir qancha namunalar o`qib berishdi.

 Fakultetimiz O`zbek tili va adabiyoti bo`lganligi uchun she’r bilmaslik aybdir. Shoir sherlari talaba yoshlar tilidan yangragandan keyin, Usmon Azim qalamiga mansub “Kunduzsiz kechalar” dramasi biz, talaba yoshlar, tomonidan sahnalashtirildi. Asar voqealari real voqealikka asoslangini uchun tushunarli va sodda. Hazil mutoyiba va so’zamollik kasbini mukammal egallan  shoir Usmon Azim tadbir davomida turli hazil mutoyibalar qilib yig’ilganlarga engil tabassumlar ulashib turdi. Shoir Xurshid Davron so`z olar ekan, ularning kamtarlik bilan aytgan gaplari, she’rlaridagi ma’no hammani yanada diqqat markazida bo’ldi, desam yanglishmayman.

Ular o`zlarining adabiyotshunoslarga hos fikrlari hamda tahlillari bilan hammani hayron qoldirdilar. Biz bilgan Boburning “G`urbatda g`arib …” ruboiysini yangicha bir talqinini aytganda hamma bir ajablanish va qiziqish bilan eshitib o`zlariga yangi bir xulosa qilishdi. Mumtoz adabiy asarlar tadqiqotchisi yig`ilganlar e’tiborini tortdi desam adashmagan bo`laman. Yig’ilganlar  tomonidan berilgan savollar buning dalilidir.

Yig`ilganlar tadbir davomida shoirlar she’rlari asosida kuyga solingan huzurbaxsh  ohanglardan ham bahramand bo`lishdi. Musiqiy ta’lim yo`nalishi katta o`qituvchisi E.Qobilova va uning iste’dodli talabalari qo`shiqlari qatnashchilar yuragidan yanada chuqurroq joy olgani shubhasizdir.