Chet tillar fakulteti ingliz tili yo`nalishi 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan Inson aziz, xotira-muqaddas deb nomlangan tadbir o`tkazildi
05 2017

 Tadbirni fakultet dekani A. Najmiddinov ochib berdilar. A. Najmiddinov buyuk, fidoiy ustozlarimiz haqida, ularning faoliyati, fakultet rivojiga qo’shgan xissalari, institut oldida qilgan xizmatlari haqida iliq fikrlar bildirib, ularni yod etdilar. “Ular bilan faxrlanishimiz, ularning faoliyatlarini davom ettirishimiz, ularni har doim eslab, xotirlab yurish biz uchun sharaf” deb aytdilar o`z nutqilarida.

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari V. Karimova so`zga chiqdi: Ushbu yo`nalishda  faoliyat ko`rsatgan, institut rivojiga o`z xissalarini qo`shgan, M. Soliyeva, R. Tojiboyev, O. Oxunov, S. Isomiddinov, Sh. Rahimov larni xotirlab, ularga chuqur hurmat ehtirom bildirib, har bir ustozlardan talabalik tillari insoniy fazilatlarni, kasb mahoratini, to`g`ri so`zlikni o`rganganliklarini aytib o`tdilar.

Tadbir davomida faxriy ustozlardan M. Ahmedov nutq so`zladilar. O`z ustozlari va birgalikda faoliyat yuritgan ustozlari bilan bog`liq xotiralarni eslab, ularning xizmatlarini yuksak baholadilar. Vafot etgan ustozlar haqqiga ezgu fikrlar aytib o`z nutqlarini quyidagi jumla bilan yakunladilar:

                             Yodingdami aytchi sen tug`ilgan on,

                              Hamma handon edi sen esa giryon

                              Shunday yashaginki, ketar chog`ingda

                              Hamma giryon qolsin sen esa handon

Shuningdek, 1-kurs talabalari tomonidan Inson xotirasiga va ustozlarga bag`ishlangan she’riy misralar o`qib eshittirildi.

1-kurs talabalari tomonidan tayyorlangan videolavha tadbir qatnashchilarida bu dunyodan o`tgan aziz insonlarning hamisha yaqinlari qalbida barhayot ekanligini his etishi bilan katta taassurot qoldirdi. Videolavhada institutimiz faxriy va fidoiy ustozlarimizning suratlari taqdim etildi. Shuningdek, marhum 1-prezidentimiz I. A. Karimovning so`zlagan nutqlaridan lavhalar keltirildi.

Tadbir so`ngida kafedra mudiri E. Yusufaliyev so`zga chiqib, bayram munosabati bilan faxriy ustozlarni tabriklab, ularga ezgu tilaklarni bildirib o`tdilar.