Qo`qon davlat pedagogika instituti O`zbek tili va adabiyoti hamda Pedagogika fakulteti bilan Xotira muqaddas, xotira - aziz mavzusida marifiy tadbir o`tkazildi.
06 2017

 “Xotira – aziz, qadr – muqaddas”

Xotira bor ekan, tirikdir millat

Tirikdir iftixor tirikdir g’urur.

Xotira –elni   xalq etguvchi qudrat,

Xotira –ertani  yoritguchi nur.

Xotirani hamisha aziz bilib, o`tganlar ruhini shod etish xalqimiz qoniga singgan ezgu va go`zal fazilat. Bu kun yurt tinchligi, osoyishtaligi yo’lida jasorat va fidoyilik ko’rsatgan urush qatnashchilari, front orti va mehnat faxriylariga izzat-ehtirom ko`rsatiladi. Bu kun o`z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg’ubor osmonini asrash uchun mardlik va jasorat ko’rsatgan,”Vatanim” deb o`zga yurtlarda jon olib jon bergan yurtning asl o`g`lonlariga rahmat aytging keladi. Ular yodini dilda asrab, ardoqlab kelayotgan ona xalqqa esa undan-da mehring, hurmat-ehtiroming oshadi.

    SHu kunlarda 9-mayXotira va qadirlash kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlamoqda. Hamma inson uchun, hamma narsa uning manfatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi izchil islohotlarning yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo’lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o`zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O`zbekiston inson, uning hayoti, erkinligini, sha’ni, qadr-qimmati ulug’lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Xotira va qadrlash marosimining yana bir muhim ahamiyati shundaki, u barchamizning bugungi notinch va tahlikali dunyoda sezgir, xushyor va ogoh bo`lib tinch osoyishta hayotimizning, musaffo osmonimizning qadriga etib yashashga da’vat etadi.

Tadbir davomida urush yillari zahmatlari, janggoh-u front ortidagi mashaqqatli hayot mavzularida she’rlar va sahna ko`rinishlari va qo`shiqlar  namoyish etildi.

To quyosh osmonda porlab tutarkan,

Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!

Har bir fojeaga, har bir sharafga,

Baho bermoqqa ham yolg`iz sen xaqli.