Qo`qon shahar musiqali drama teatrida Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti professor-o`qituvchilari hamda talabalari ishtirokida Nazm va navo deb nomlangan adabiy-badiiy, musiqiy kecha o`tkazildi
19 2017

 Kechani o`zbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o`rinbosari Z.Qobilova olib bordi. Kechaga O`zbekiston Xalq artisti, “Alisher  Navoiy” nomidagi davlat mukofoti sohibi  SH.Jo`raev tashrif buyurdi. Qo`qon  shahar musiqali drama  teatri binosi kirish qismida kutib olish marosimi tashkil etildi. O`zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba-qizlari qo`llarida shahrimiz mohir nonvoylari tomonidan maxsus tayyorlangan patirlar bilan kutib olishdi.

 O`zbekiston Xalq artisti, “Alisher  Navoiy” nomidagi davlat mukofoti  sohibi  SH.Jo`raev kirish qismidagi  institutimiz talabalari tomonidan tashkil etilgan  O`zbekistonning  go`zal tabiati hamda Qo`qon shahrining milliy urf-odatlari, an’analari, ko`xna tarixi va zamonaviy qiyofasi,   farovon hayotimizga  shukronalikni o`zida  mujassam etgan suratlar ko`rgazmasi bilan tanishdi.

O`zbek tili va adabiyoti fakultetining talabalari Hazrat Alisher Navoiy va Muhammad Aminho`ja Muqimiy g`azallari, she’rlaridan yoddan aytib berdi.

SHundan so`ng so`z navbati O`zbekiston Xalq artisti, “Alisher  Navoiy” nomidagi davlat mukofoti sohibi  SH.Jo`raevga berildi. U so`zni “Ona” haqidagi qo`shiq bilan boshladi. O`z ijrosidagi kuy-qo`shiqlar bilan kechaga ko`tarinkilik bag`ishladi. Kecha davomida yoshlarga Hazrat Alisher Navoiy g`azallari va Muhammad Aminho`ja Muqimiylarning  she’rlaridan yod aytib, ibratli hikoya va rivoyatlarni aytib berdi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha Komissiya tuzish to`g`risida”gi F-4789-son farmoyishida belgilangan vazifalar haqida to`htalib, kecha qatnashchisi bo`lgan talabalarni badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o`stirishga xizmat qiladiga kitoblarni  mutola qilishga, ilm olishga,  Ona –Vatanni sevishga, unga sadoqat bilan xizmat kilishga chorladi.

Hozirgi kunda jamiyatmizda uchrayotgan yod g`oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, xorijiy davlatlarga ishlashni boyishni orzu qilib odam savdosi qurboni bo`lib qolmaslik uchun ogohlik davr talabi ekanligi, bularning barchasi uchun albatta ilm zarurligini aytib o`tdi. Kecha so`nggida o`zbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o`rinbosari Z.Qobilova institut jamoasi nomidan SH.Jo`raevga institut “Faxriy professori” unvoni to`g`risidagi guvohnomani  topshirdi.

 

Kecha juda chiroyli va ko`ngringki ruhda o`tdi.