Qo`qon DPI tabiiy fanlar fakulteti pedagog xodimlari va talabalari bilan FarDU professori, kimyo fanlari doktori Alijon Aminovich Ibragimov bilan uchrashuv o`tkazildi
20 Май 2017

 Qo`qon davlat pedagogika institutining kimyo o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi talabalari bilan Farg`ona davlar universiteti kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori A.A.Ibragimov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda tabiiy fanlar fakulteti pedagog xodimlari va100 dan ortiq  talabalar ishtrok etishdi. Uchrashuvni fakultet dekani, professor V.U.Xo’jayev ochib berdi.

Professor A.A.Ibragimov ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarga to`xtaldi. So`ngra talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillash va amalga oshirish, ilmiy manbalarni o`rganish va tahlil qilish, eksperiment o`tkazish, tadqiqot obektlarini tanlash, tadqiqot natijalarini intepritatsiya qilish hamda umumlashtirish shuninngdek ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish masalalariga to`xtaldi.

Yoshlar Respublikamiz ertasi shuning ishonchli vakillari ekanligini uqtirgan holda, muntazam o`z ustida ishlash, ilm sirlarini o`rganish, malakali mutaxassis bo`lib yetishishga chaqirdi. A.A.Ibragimov talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berdi.