Pedagogika fakultetida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi 2833 Huquqbuzarlik profilaktikasi va qonunbuzarlikning oldini olish to`g`risidagi Qarori ijrosini taminlash maqsadida o`tkazilgan profilaktika kuni tadbiri bo`lib o`tdi
27 2017

 Tadbirni institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. Farhodjon Ibragimov kirish so`zi bilan ochib berdi. O`z so`zida F. Ibragimov hozirgi kunda davlatimiz va hukumatimizning yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi va qonunbuzarlikning oldini olish borasida olib borayotgan ishlari xususida ta’kidlab o`tdi. SHundan so`ng Qo`qon shahar IIB profilaktika noziri E. Akramovga so`z berildi. U o`z so’zida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14.03.dagi 2833 “Huquqbuzarlik profilaktikasi va qonunbuzarlikning oldini olish to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar va shahrimizda haftaning har payshanba kunlarida o`tkazilayotgan Profilaktika kuni haqida ma’lumot berib, ijarada yashovchi talabalar uchun huquqiy ma’lumotlar bilan tanishtirdi.