Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti Psixologiya kafedrasi xamkorligida ilmiy seminar tadbiri bo`lib o`tdi
30 Май 2017

 Ilmiy seminar tadbirni Qo`qon DPI O`quv ishlari prorektori p.f.n N.S.Jo`rayev kirish so`z bilan ochib, bugungi tadbirning ilmiy axamiyati va xozirgi kunda jamiyatimizda inson psixologiyasi masalalariga aloxida etibor berilayotganligi xaqida so`zlab o`tdi.

Shundan so`ng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti psixologiya kafedrasi dotsenti p.f.d Z.Nishonovaga so`z navbati berilib , Z.Nishonova o`z so`zida bugungi kunda mustaqil O`zbekiston Respublikasida psixologiya fanlarining rivojlanishi,xozirgi kundagi eng dolzarb muommalari xususida , o`zlari olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va talabalarning fanga bo`lgan qiziqishlari borasida ma’lumotlar berildi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti Psixologiya kafedrasi xamkorligida o`tkazilgan “Olima ayollar bilan uchrashuv” ilmiy seminar tadbiri  qizg`in ruxda o`tdi