Kuni kecha Institutning fizika-matematika va tabiiy fanlar fakulteti binosida yangi o`quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etish bo`yicha seminar bo`lib o`tdi
02 Июнь 2017

 Kuni kecha Institutning fizika-matematika va tabiiy fanlar fakulteti binosida yangi o`quv yili uchun qabul jarayonini tashkil etish bo`yicha seminar bo`lib o`tdi. Seminarda barcha soxa prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo`lim boshliqlari qatnashdilar. Seminarni institut Rektori A.Eminov ochib berib, qabul jarayonini tashkillash bo`yicha bir nechta ko`rsatmalarni berdi. Shundan so`ng ushbu fakultetda namuna sifatida tashkil etilgan qabul komissiyasini tartibi bilan tanishtirildi. Rektor tomonidan barcha masalalar ya’ni abituriyentlarga va ularning ota-onalariga yaratiladigan shart-sharoitlar aytib o`tildi. Institutda qabul jarayoniga hamda yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.