Qo`qon davlat pedagogika institutida 2017 yil 3 iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Oliy talim muassasalari kafedralari kengashining 2-sonli yig`ilishi o`tkazildi.
09 2017

 O`zbekiston Respublikasi Oliy  va o`rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil  13 martdagi 138-sonli buyrug`i  ijrosini ta’minlash maqsadida Qo`qon davlat pedagogika institutida 2017 yil 3 iyun kuni “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Oliy ta’lim muassasalari kafedralari kengashi”ning 2-sonli yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda NukDPI , GulDU, UrDU, TDPU, NavDPI, BuxDU, QarDU, QQDU, SamDCHTI, TDTU, TDUTAU, TerDU, TTA, TITLP, MRDI, NamMPI, TIMI, JDPI, KarMII, SamDAQI, TKTU, TDIU, SamISI, TMI, SamDU, SamQHI, TAYLQEI, O’zDJTI, O’zDSMI, JizDPI, SamDU, TIU, O’zDJTU, NamDU, AnDU, O`zMU, FarDU kabi  “Pedagogika” ta’lim soxasi bo`yicha tayanch va turdosh OTMlarning Pedagogika, Psixologiya, Maktabgacha ta’lim metodikasi, Maxsus ta’lim metodikasi, Kasb ta’limi, Boshlang`ich ta’lim metodikasi, Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedralar mudirlari ishtirok etishdi.

Yig`ilishda ushbu masalalar ko`rib chiqildi:

1.  “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  20 apreldagi PQ-2909 sonli qarori.

2.  Kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalari mavzulari, shuningdek mustaqil tadqiqotchilik va ilmiy-tadqikot ishlarini hamkorlikda takomillashtirish bo`yicha aniq vazifalarni belgilash.

3.  Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomdor davlat stipendiyalari hamda boshqa xalqaro va respublika miqyosidagi turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash bo`yicha takliflar ishlab chiqish.

4.  Amaldagi ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, yangilarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish bo`yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash kabi masalalar ko`rib chiqildi. Shundan so`ng kunning ikkinchi yarmida sho`ba yig`ilishlari bo`lib o`tdi.

Sho`ba yig`ilishlarida O`zbekiton Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining “2017/2018 o`quv yili uchun o`quv reja va fan dasturlarini tayyorlash to`g`risida”gi 2017 yil 30 maydagi 356-sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida “Pedagogika” ta’lim sohasi ta’lim yo`nalishlariga taalluqli bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o`quv rejalari hamda fan dasturlarini ishlab chiqish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan takliflar tayyorlandi.