Qo`qon davlat Pedagogika Instituti Magistratura bo`limi II bosqich Magistrantlarining Bilib qo`yki seni vatan kutadi nomli Magistrantlarga diplom berish marosimi yuzasidan tadbir o`tkazildi
14 2017

Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti hovlisida “Bilib qo`yki seni vatan kutadi” nomli magistrantlarning  Diplom olish marosimi bo`lib o`tdi. Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti rektori A. Eminov  tadbirni tantanali ravishda ochib berdi. So`ng esa barcha magistrantlarni Magistr darajasini olgani bilan tabriklab barcha magistrantlarga kelajak ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so`ng Tarix o`qitish metodikasi dekani M. Temirboyev so`zga chiqdi. U hozirgi kunda bunday yoshlarga juda keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab magistrantlarni bundan ham yuqori ilmiy darajalarga  erishishini tiladi.

 

Tadbirning badiiy qismida turli mutaxassisliklar bo`yicha magistrantlar she’r,  fikr-mulohazalar, tabriklar bildirishdi. Xususan magistrantlardan Y. Usmonov, B. Nosirjonov, H. Rahmonov, M. Ergasheva, Sh. Ro`zmatovalar qatnashishdi. Keyin QDPI rahbariyati tomonidan magistrantlarga tantali faxriy yorliqlar va diplomlar topshirildi. Bunday xursandchilik kunda magistrantlarning ota-onasi, yaqin qarindoshlari ham ishtirok etishdi. Magistrantlardan D. Mamatqulovaning onasi, A. Abdubananov onalari so`zga chiqib farzandlarining mana shunday darajaga chiqishiga beminnat xizmati singan Institut rahbariyati va Institut professor o`qituvchilariga tashakkurlar aytishdi. Tadbir so`nggida QDPI rektori A. Eminov magistrantlar ichida o`zining bilim salohiyati bilan tashkiliy ishlarda faol ishtirok etgan Xorijiy til va adabiyoti mutaxassisligi (Ingliz tili) magistranti Y. Usmonov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar o`qitish metodikasi (Tarix) mutaxassisligi magistranti Sh. Ro`zmatovalar shartnoma asosida ishga olib qolinishi ta’kidlandi.