Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi hamda yangi oquv yilining boshlanishi munosabati bilan Qoqon davlat Pedagogika Institutining Jismoniy madaniyat fakultetida tadbir bolib otdi
04 2017

 O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan o’tkazilgan ushbu bayram tadbiri 5-o’quv binosining old qismida boshlandi. Ushbu bayram tadbirini fakultet dekani A.Maxkamov kirish so’zi bilan ochib berdi. A.Maxkamov so’z boshida, avvalo barcha bayram ishtirokchilarini mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi bilan tabrikladi. SHuningdek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar jarayoni, ularning jamiyatimiz taraqqiyotidagi o’rni haqida gapirib, bu barcha erishgan yutuqlarimiz osonlikcha qo’lga kiritilmaganligi, buning qadriga etish, mustaqilligimizni va erishayotgan yutuqlarimizni asrab-avaylashga  barcha birdek mas’ul ekanligini ta’kidladi.

 

SHundan so’ng so’zga chiqqan ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektor v.b. F.Ibragimov ham bayram tadbirining barcha ishtirokchilarini  Respublikamiz mustaqilligigining 26 yilligi bilan chin qalbdan muborak etib, o’zining ezgu niyatlarini bildirdi.Tadbir davomida fakultet dekani A.Maxkamov fakultetning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalarga talabalik guvohnomalari va reyting daftarchalarini tantanali topshirib, ularni o’qish davomida namunali o’qishga hamda fakultet jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.

SHundan so’ng tadbirga taklif etilgan, 1-bosqichga qabul qiligan talaba-yoshlarning ota-onalari so’zga chiqib, o’zlarining xursanchiliklarini bayram tadbiri ishtirokchilari bilan o’rtoqlashdilar. 1-bosqich talaba-yoshlari ham so’zga chiqib, o’z xursandchiliklarini bildirishdi, ular o’zlarining namunali hulqlari va o’qishlari bilan barchaga namuna bo’lishga intilishlarini bildirdilar.