Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika institutida faoliyat ko`rsatayotgan Iste`dod faol talabalar klubi o`z ishini muvaffaqiyatli boshladi
07 2017

        Iste`dod faol talabalar klubi tashabbusi bilan institut Axborot-resurs markazida “Munozara” bahsining ochilish o`yini bo`lib o`tdi. Unda Institutimizning “Ma`navi-yat” bo`limi boshlig`i F. Ibragimov, Tarix fakulteti dekani o`rinbosari O. Boltabo-yev, o`qituvchilar T. Nuriddinov, J. Qurbonov hamda ARM (axborot-resurs markazi) direktori S. Yuldashevlar qatnashishdi.

 

 

       O`yinni ochib bergan “Ma`naviyat” bo`limi boshlig`i F. Ibragimov o`z nutqida “Iste`dod” klubi faoliyatiga omad tilab. Uning faoliyati institut rahbariyati tomoni-dan qo`llab-quvvatlanishini aytib o`tdi.      

       Bu so`zlarga javoban “Iste`dod” klubi yetakchilari B. Avliyoqulov, M. … va S. Adashevlar ularga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

           Bahsda “Ritoriklar” hamda “Global” nomlari ostida “Iste`dod” klubi faol a`zo-laridan tuzilgan ikkita jamoa ishtirok etdi. Har ikki jamoa ham g`oliblik uchun mu-rosasiz kurash olib bordi. Bellashuv keskin va qiziqarli tortishuvlarga boy bo`ldi.

 

 

 

Bahs yakunlariga ko`ra “Global” jamoasi umumiy hisobda 32:31 natijasi bilan g`alaba qozondi. G`olib jamoa hamda “Bahsning eng yaxshi spikeri” deb topilgan ishtirokchi esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.