Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika institutida Diniy ekstremizm va terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid mavzularida o`tkazilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.
09 2017

 Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika institutida “Ma`rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida o`tkazilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatini Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Bozorov ochib berdi. Ushbu davra suhbati viloyat hokimligining 2017 yil 7 noyabrdagi 651-01-50-sonli tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilayotganligini ta’kidlab ma’ruzachilarga tashrif uchun o’zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi.

 

Institutda  diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida to`xtaldi.Jumladan, u o`z so`zida shunday dedi “Institutda ham diniy ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, ekstremistik g`oyalarning tarqalishi, unga olib keluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish  chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan.