Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari ishtirokida Barchasi hazil deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi
13 2017

           Tadbirni Tarix fakulteti dekani M.Temirboev o`z nutqi bilan tadbirni ochib berdi. Tadbirda  Qo`qon shahar 12-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining raqs, adabiy chiqishlari, teatr ko`rinishi va “Yo`lbarslar” sport to`garak a’zolarining chiqishlari barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

 

 

 

     Tadbir davomida Tarix fakulteti dekani M.Temirboev va institut ma’naviy va ahloqiy tarbiya ishlari bo`limi boshlig`i F.Ibragimov Qo`qon shahar 12-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining faol ishtirokchilarini, o`z chiqishlari bilan barchani lol qoldirgan to`garaklar a’zolarini Qo`qon Davlat pedagogika institutining rektori A.Eminov nomidan fahriy yorliqlar bilan qizg`in tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.