Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talaba yoshlari o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan Yoshlar va qonun deb nomlangan profilaktik tadbir bo`lib o`tdi.
13 2017

           O`tkazilgan ushbu profilaktik tadbirda Qo`qon shahar IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi katta tergovchisi kapitan M.Ahmadqulov bungi kunnning dolzarb muammolaridan biri sanaluvchi yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni sodir etilishini oldini olish chora-tadbirlari, uni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlari, yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir qilinganda ko`riladigan choralar to`g`risida tushuntirib berdi.

 

Profilaktik inspektor kapitan A.Nazirov yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, uni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlari to`g`risida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Profilaktik inspektor katta leytenant N.Hoshimov yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir qilinganda ko’riladigan choralar to`g`risida tushuntirib berdi.

Tadbir davomida talaba yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Profilaktik tadbir davomidagi huquq tartibot idorasi xodimlari bilan o`tkazilgan davra suhbati talabalarda katta tassurot qoldirdi.