Muqimiy nomidagi Qoqon Davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida 8 dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi
07 2017

         AxborotResurs Markazida Tarix fakulteti professor-o`qituvchilari va talabalari tomonidan tashkillashtirilgan “Konstitusiya baxtimiz poydevori” shiori ostida Konstitusiya bilimdoni bellashuvi bo`lib o`tdi. Tadbirning ochilishida O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Tadbirni Qo`qon davlat pedagogika instituti rektori A.G`.Eminov o`z nutqi bilan ochib berdi. A.G`.Eminov O`zbekiston Konstitusiyasi targ`iboti oyligining shahar va institut miqyosida keng o`tkazilib kelayotganligi, bu jarayon barcha fuqarolarimiz, jumladan, talaba yoshlarimizni siyosiy, huquqiy bilimdonligini yanada oshirishga bevosita hissa qo`shayotganligi haqida fikr bildirib, barcha tadbir ishtirokchilarini O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda fakultet dekani M.Temirboev so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan ko`krak nishoni bilan taqdirlangan pedagogik xodimlarimizdan M.Aminova va O.SHaripovalarni qutlab, shuningdek, barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

 

Konstitusiya bilimdoni bellashuvida Tarix fakulteti talablaridan iborat bo`lgan “Adolat”, “Tafakkur” va “Kelajak” jamoalari o`zaro kuch sinashdilar. Bellashuvni fakultet professor-o’qituvchilaridan iborat hay’at a’zolari kuzatib bordilar.

Konstitusiya bilimdoni bellashuvning umumiy natijalariga ko`ra “Kelajak” jamoasi vakillari 1-darajali, “Tafakkur” jamoasi vakillari 2-darajali va  “Adolat” jamoasi vakillari 3-darajali diplom hamda esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar.