Magistratura

Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti magistraturasiga 2017-2019 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha kunduzgi bo`limga magistrantlar qabul qilingan.

            Hozirgi kunda magistratura bo`limida 8 ta mutaxassislik bo`yicha 34 nafar magistrant tahsil olmoqda. 2017-2019 o`quv yilidagi magistratura bo`limi mutaxassisliklari:


5A110101 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Matematika);

5A110201 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Fizika va astronomiya);

5A111601 Ijtimoiy-gumanitar fanlar o`qitish metodikasi (Tarix);

5A111201 O`zbek tili va adabiyoti;

5A111401 Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili);

5A111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi  va metodikasi (Boshlang`ich ta’lim);

5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari (Informatika);

5A110301 Aniq  va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Kimyo);

 Magistraturaning ta’lim dasturlari aniq mutaxassislik bo`yicha fanlarni fundamental va amaliy o`rganish bilan birga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatni qamrab oladi.

          Magistratura  faoliyati  Magistratura to`g`risida  magistrantlar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi  nizomlarga asosan olib boriladi va bilim sifatini nazorat qiladi. Magistratura bo`limini rivojlantirish, magistrantlarni ilmiy ishlarini chuqurlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini talab darajasida tayyorlashishi uchun va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori asosida magistrlik dissertatsiyasiyasini bajarish bo`yicha tegishli uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan.
           Malakali kadrlar tayyorlash borasida malakaviy amaliyotlar muhim o`rin egallashi ko`nikmalar va tajribalar hosil qilinishini inobatga olib malakaviy amaliyotlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlangan.
           Institut fan va o`quv bo`limlari magistratura bo`limi bilan birgalikda hozirgi kun talabi asosida kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirilayotgan vaqtda magistrantlarni har tomonlama bilimli bo`lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
           Ushbu kungacha 8 ta mutaxassislik ta’lim olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Har bir magistrantni ilmiy ishlari uchun yangi ma’lumotlar, yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan tanishib borishlari uchun internet tizimidan foydalanishlariga qo`shimcha imkon yaratilgan.
Ularga har haftada kompyuter markazida ishlashlari uchun alohida vaqt va kompyuter honalari ajratilgan. 
          Magistrantlarimizni ilmiy ishlarini olib borishlari, fan rivojiga hissa qo`shishlari, o`z sohalarini yetuk mutaxassislari bo‘lib etishishlarida tajribali professor-o`qituvchilarimizni o`ziga hos hissalari bor. Institutni ilmiy potentsiali mutaxassisliklar bo`yicha yetarli bo`lishi bilan birga ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish, ilmiy sohani yanada kuchaytirish maqsadida  markaziy oliygohlardan professorlar jalb etilib magistrantlarga fan sirlarini o`rgatmoqdalar.