SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi

Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi 1977 yilda tashkil topgan bo’lib, unga dastlab Erkinjon Toshpo’latov mudirlik qilgan. Kafedrada ona tili, ona tili o’qitish metodikasi, mehnat o’qitish metodikasi, tasviriy san’at o’qitish metodikasi, musiqa o’qitish metodikasi, tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanlari o’qitilgan. 1987 yildan mehnat ta’limi va tasviriy san’at fanlari alohida kafedra bo’lib ajrab chiqqach, kafedrada o’zbek tili va musiqa fanlari o’qitila boshlangan. 1988 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi R.Shukurov kafedra mudiri lavozimida ishlay boshlagan. 1990 yildan musiqa fani ham alohida kafedra bo’lib chiqib ketdi. Shu yillarda kafedra BTM fakulьteti qoshidagi o’zbek tili kafedrasi deb yuritila boshlandi. 1992 yildan kafedrada rus tili va uni o’qitish metodikasi fani soatlari berilishi bilan “Filologiya” deb nomlandi. Shu yildan kafedraga filologiya fanlari nomzodi Mo’minjon Xalilov mudirlik qila boshladi. 1998 yildan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Saminjon To’ychiev kafedraga rahbarlik qilgan. 1998 yildan boshlab kafedra yana ”Boshlang’ich ta’lim metodikasi” nomini olgach, ona tili, ona tili o’qitish metodikasi, matematika, matematika o’qitish metodikasi, mehnat o’qitish metodikasi, tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanlari ham o’qitilmoqda. 1999-2000 o’quv yilida matematika tsiklidagi fanlar ajrab chiqdi. 2001-2002 o’quv yilidan boshlab “MT va BTM kafedrasi” deb nomlandi. 2002 yildan kafedra yana ”Boshlang’ich ta’lim metodikasi” nomini oldi. 2005 yil dekabr oyidan boshlab kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Z.Isaqov mudirlik qildi. 2012 yil yanvar oyidan boshlab kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Jamoliddinova mudirlik qilmoqda. 2015 yil 18 martda “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi Pedagogika fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi. “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” fakulteti tashkil topdi va “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi shu fakultet tarkibiga kiritildi. 2017-2018 yilning iyuligacha kafedraga filologiya fanlari nomzodi Z.Isaqov, 2018 yil iyuldan 2020 yil iyulgacha G’.Rahmonov, 2020 yilning iyun-noyabr oylari oralig’ida A.To’raxo’jayeva mudirlik qildi. Hozirda kafedraga falsafa fanlari doktori (PhD) Sh.Sh.Qalandarov mudirlik qilmoqda. Hozirda kafedrada 26 nafar o’qituvchi asosiy shtatda, 18 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida mehnat qilmoqda, kafedraning ilmiy salohiyati: 35 % ni tashkil qiladi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan