SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA

Defektologiya

Defektologiya kafedrasi 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, unga Mamasoli Tolipov mudirlik qilgan. 2010- 2013 yillarda kafedrani A.Qo‘ziyev boshqargan. 2013-2014 o‘quv yilida M.Hamidov mudirlik qilgan. 2017-2021 yillarda M.Maxmudova mudirlik qilgan.Xozirda kafedra mudiri sifatida Xayitov Lazizbek Rustamjon o’g’li faoliyat olib bormoqda.2021-yilda kafedra nomi Maxsus pedagogikaga o’zgartirildi. Kafedrada Surdopedagogika, Logopediya, Oligofrenopedagogika yo’nalishlari mavjud. Maxsus pedagogika logopediya, Maxsus pedagogika surdopedagogika bo’yicha magistratura mutaxasissligi ochilgan. Defektologiyaning klinik asoslari, Logopediya, Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi, Matematika o‘qitish metodikasi, Ona tili o‘qitish metodikasi, Daktilologiya va talaffuz malakalarini shakllantirish metodikasi, Tasviriy san’at va qo‘l mehnatini o‘qitish maxsus metodikasi, Oligofrenopedagogika, Maktabgacha logopediya va Maktabgacha surdopedagogika fanlari o‘qitilmoqda. 5111900 – Defektologiya ta’lim yo‘nalishiga 2006-2012 yilga qadar 1 tadan guruh 2012-2015 o‘quv yilida 2 tadan guruh 2016 yildan e’tiboran 3 tadan guruh talabalari qabul qilingan. Kafedrada 14 nafar o‘qituvchi bo‘lib, 8 nafari asosiy shtatada, 6 nafari o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 33% ni tashkil etgan.2020-2021-yil holatiga kafedra salohiyati 5% tashkil etgan. Defektologiya yo‘nalishiga 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab har bir mutaxassislik bo‘yicha “Surdopedagogika, Logopediya va Oligofrenopedagogika” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilindi. Boshqiriston davlat pedagogika universtituti bilan hamkorlikda logopediya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etilgan Hozirda 2021-2022 o’quv yilida kafedrada 11 nafar asosiy shtatda 4 nafari o’rindosh sifatida faoliyat olib bormoqda. Mazkur o’quv yilida kafedra a’zolari M.Maxmudova, L.Xayitov, X.Raximova, F.Teshaboyevalar pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja olib kafedraning ilmiy salohiyati 50% ga yetdi.Keyingi o’quv yilidan kafedra qoshida “Defektologik tashxis markazi” tashkil etish va kafedra a’zolaridan 5 ta dotsent va 1 ta pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja olish rejalashtirilgan.

Kafedra mudiri: Xayitov Lazizbek Rustamjon o’g’li

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Qo'qon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o'quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o'qituvchilar institutiga aylantirilgan.

Biz bilan bog'laning :

  • +998785421143
  • Qo'qon shaxri, Turon ko'chasi
  • kspi_info@edu.uz
  • Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

    Codemy © Barcha huquqlar himoyalangan