Markazlar va Bo`limlar

Magistratura

Bo`lim boshlig`i

Aminov Bahtiyor Umidovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00-15:00 gacha), Dushanba(14:00-15:00 gacha), Juma(14:00-15:00 gacha)
Telefon: (+99891) 200-01-35
Elektron pochta: aminov_b@umail.uz

         Qo`qon davlat pedagogika instituti magistraturasiga 2017-2018 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha kunduzgi bo`limga magistrantlar qabul qilingan.

       Hozirgi kunda magistratura bo`limida 8 ta mutaxassislik bo`yicha 45 nafar magistrant tahsil olmoqda. 2017-2019 o`quv yilidagi magistratura bo`limi mutaxassisliklari:

5A110101 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Matematika);

5A110201 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Fizika va astronomiya);

5A111601 Ijtimoiy-gumanitar fanlar o`qitish metodikasi (Tarix);

5A111201 O`zbek tili va adabiyoti;

5A111401 Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili);

5A111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi  va metodikasi (Boshlang`ich ta’lim);

5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari (Informatika);

5A110301 Aniq  va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Kimyo);

  Magistraturaning ta’lim dasturlari aniq mutaxassislik bo`yicha fanlarni fundamental va amaliy o`rganish bilan birga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatni qamrab oladi.

  Magistratura  faoliyati  Magistratura to`g`risida  magistrantlar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi  nizomlarga asosan olib boriladi va bilim sifatini nazorat qiladi. Magistratura bo`limini rivojlantirish, magistrantlarni ilmiy ishlarini chuqurlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini talab darajasida tayyorlashishi uchun va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori asosida magistrlik dissertatsiyasiyasini bajarish bo`yicha tegishli uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan.
           Malakali kadrlar tayyorlash borasida malakaviy amaliyotlar muhim o`rin egallashi ko`nikmalar va tajribalar hosil qilinishini inobatga olib malakaviy amaliyotlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlangan.
           Institut fan va o`quv bo`limlari magistratura bo`limi bilan birgalikda hozirgi kun talabi asosida kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirilayotgan vaqtda magistrantlarni har tomonlama bilimli bo`lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
           Ushbu kungacha 8 ta mutaxassislik ta’lim olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Har bir magistrantni ilmiy ishlari uchun yangi ma’lumotlar, yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan tanishib borishlari uchun internet tizimidan foydalanishlariga qo`shimcha imkon yaratilgan.
Ularga har haftada kompyuter markazida ishlashlari uchun alohida vaqt va kompyuter honalari ajratilgan. 
          Magistrantlarimizni ilmiy ishlarini olib borishlari, fan rivojiga hissa qo`shishlari, o`z sohalarini yetuk mutaxassislari bo‘lib etishishlarida tajribali professor-o`qituvchilarimizni o`ziga hos hissalari bor. Institutni ilmiy potentsiali mutaxassisliklar bo`yicha yetarli bo`lishi bilan birga ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish, ilmiy sohani yanada kuchaytirish maqsadida  markaziy oliygohlardan professorlar jalb etilib magistrantlarga fan sirlarini o`rgatmoqdalar.

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qo`yiladigan talablar

Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi kerak:

  • titul varaq;
  • ikki tilda (o`qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;
  • mundarija;
  • kirish;
  • asosiy qism;
  • xulosa;
  • adabiyotlar ro`yxati;
  • ilovalar (mavjud bo`lsa).

Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim:

  • magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
  • tadqiqot ob’ekti va predmeti;
  • tadqiqot maqsadi va vazifalari;
  • ilmiy yangiligi;
  • tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
  • tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
  • tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi;
  • tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
  • ish tuzilmasining tavsifi.

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:

  • tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
  • tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
  • tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.

Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo`lgan qo`shimcha ma’lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.

Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg`on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim.

Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo`lishi lozim:

  • qatorlar oralig`i — 1,5 sm;
  • yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng tomondan 2 sm;
  • xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
  • Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman 14 shriftida yozish tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o`tkaziladi.

Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet O`quv-metodik kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin.

Dastlabki va rasmiy himoyani o`tkazish tartibi

Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.

Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.

Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo`lishi kerak.

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig`ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro`yxati ilmiy ishlar bo`yicha prorektor (direktor o`rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.

Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to`g`risida xulosa taqdim etish;
  • dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;
  • kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg`on tsitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko`rsatish.

Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg`on tsitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo`lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo`yish maqsadga muvofiq emasligi to`g`risida xulosa beradi.

Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug`i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.

Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o`rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o`tkaziladi.

Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.

Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog`liqligini ko`rsatib bera olishi;
  • magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
  • foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to`liqligi va chuqurligi;
  • tadqiqot usullari amaliyotda qo`llanilganligining asoslanganligi;
  • olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
  • magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o`tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko`ra bilish qobiliyati;
  • magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o`zaro mantiqiy bog`liqlikni kuzata bilish malakasi.

«Qoniqarsiz» baho qo`yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qo`yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.

Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.

Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.