Markazlar va Bo`limlar

Yoshlar ittifoqi

Bo`lim boshlig`i

Dehqonov Hasanboy Ubaydullayevich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:0016:00 gacha), Dushanba(14:0016:00 gacha), Juma(14:0016:00 gacha)
Telefon: +998(91) 142-11-31
Elektron pochta: QDPI kamolot@inbox.ru

Qo`qon davlat pedagogika institute "Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti o`z safiga institutning barcha talaba-yoshlarni birlashtirgan bo`lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o`rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko`maklashish, o`qishdan bo`sh vaqtlarini ko`ngilli, mazmunli tashkil etish hamda harakat atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g`oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg`usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo`llab-quvvatlashdan iborat

QDPI"Kamolot” YoIH boshlang`ich tashkiloti veb-sayti

"Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti Kengashi 9 nafar a’zodan iborat.

 Kengash tarkibi:

1. "Kamolot” YoIH BT Kengash raisi (H.U Dehqonov)

2. "Tashkiliy va axborot-tahlil yo`nalishi sardori” (B. Aliyev)

3. "Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo`nalishi sardori” (I.I Botirov.)

4. "Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo`nalishi sardori” (A.U. G’ofurov.)

5. "Huquqiy savodxonlik yo`nalishi sardori” (N.A.Soibjonov.)

6. "Ijtimoiy-iqtisodiy yo`nalishi sardori” (M. D. Muhammadjonov)

7. "Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo`nalishi sardori” (B. Yo. Rafiqov.)

8. "Matbuot yo‘nalishi sardori” (U. Qo`qorova)

9. "Muddatli harbiy xizmatni o`tab, o`qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo`nalishi sardori” (B.O. Omonov) bo`limlari jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatmoqda.

Kamolot” YoIH Institut boshlang`ich tashkiloti fakultet yetakchilari:

Tabiiy fanlar  fakulteti yetakchisi (B.O. Omonov)

Fizika matematika  fakulteti yetakchisi (O. SH. SHeraliyev)

Horijiy tillar fakulteti yetakchisi (H. H. Yo`ldashev.)

Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim  fakulteti yetakchisi (M.Muhtoriy)

Pedagogika  fakulteti yetakchisi (R. R. Husanov)

Jismoniy madaniyat fakulteti yetakchisi  (J. D. Mamasiddiqov )

O`zbek tili va adabiyoti  fakulteti yetakchisi (D. M. Asqarov.)

Tarix fakulteti yetakchisi (S. A. Abdushukurav.)

Harakatning to`liq nomi:

davlat tilida – O`zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati;

rus tilida – Îáùåñòâåííîå äâèæåíèå ìîëîäåæè «Êàìîëîò»;

ingliz tilida – The Civic Movement of Youth of Uzbekistan «Kamolot»;

Harakatning qisqartirilgan nomi:

davlat tilida – "Kamolot” YIH;

rus tilida – OÄM «Êàìîëîò»;

ingliz tilida – CMY «Kamolot».

     Institutda talabalar o`rtasida o`tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport, salomatlik va ekalogik, ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish tadbirlar – yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g`urur va o`zlikni anglash, ro`y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini shakllantirish;

– yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo`lgan intilishini qo`llab-quvvatlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

– iste’dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ular o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

– yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb qilish;

– yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg`unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olish va boshqalar.

  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy-ma’rifiy  ishlar samaradorligini oshirish to`g`risida”gi PQ 451- sonli qarori asosida olib borilmoqda. Mazkur qaror ijrosini amalga oshirish bo`yicha institut rektorining buyruqlari va  Boshlang`ich tashkilotning tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan.

          “Milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risida”gi qarorda aholining keng qatlamlari, avvalambor yoshlar o`rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat,  insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf - odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo`naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazish, yoshlarga bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining  ustuvor yo`nalishlari, keng  ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharxlash va tushuntirish,  yurtimizga qarshi qaratilgan g`oyaviy va informasion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning  g`arazli maqsadlarini fosh qilish,  odamlarni xushyorlik va ogohlikka da’vat etish hamda  boshqa ko`pgina vazifalar belgilangan.

Bugungi kunda  ma’naviy  - axloqiy jihatdan  etuk va sog`lom dunyoqarashga ega bo`lgan insoniy fazilatlarni ro`yobga chiqara oladigan ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi. SHu jihatdan olganda institutda ma’naviy ma’rifiy, ijtimoiy – siyosiy, sport salomatlik, ekalogik ma’daniyat  tadbirlarihamda ommavish hasharlar  bugungi kun talablari darajasida olib borilmoqda.

Institut “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkilotining 2016-2017 o`quv yilida amalga oshiriladigan namunaviy ish rejasi ishlab chiqilgan.Ushbu reja asosida har bir fakultet sardorlarini ish rejalari tuzilgan. SHuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Farg`ona viloyati va Qo`qon shahar hokimliklaridan kelayotgan qaror, farmoyish va modemnomalar ijrosini ta’minlash yuzasidan institut “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida ish rejalari tuzilib, jadval asosida ijrosi ta’minlanmoqda. Tadbirlar rejasiga binoan o`tkazilayotgan tadbirlarning bayonnomalari mavjud.

            Institutdagi 8 ta fakultet 20 ta ta’lim yo`nalishining 226 ta akademik guruhlarida sardorlar saylangan.

Barcha fakultetlarning “Axborot soatlari”da O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan Farmon  va qarorlar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, kundalik siyosiy voqealar, xalqaro ahvol talabalarga etkazilmoqda.

Institutda oyda bir marta “Ochiq eshiklar kuni” o`tkaziladi. Unda talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqotga kirishiladi, suhbatlar uyushtiriladi. Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilinadi.

          2007 yil 8 sentyabr Qo`qon Davlat pedagogika institutining tarix sahifasiga gazeta nashr qilingan kun deb, qayd etildi. Institutda ijtimoiy, ma’rifiy, adabiy, badiiy “Zukko zamondosh” gazetasi davlat ro`yxatidan (¹ 12-081, berilgan sanasi 2007 yil 27 aprel) o`tgan va shu kunga qadar 220 soni nashrdan chiqarildi. Gazetada institut rektorining buyruqlari, institut hayotidagi eng muhim yangiliklar, milliy g`oya targ`iboti bo`yicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, diniy idora vakillari, salomatlik markazi” xodimlari bilan o`tkazilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, shoir va yozuvchilarning tavallud kunlarini nishonlashga bag`ishlangan rang-barang materiallar berib borilyapti. Bu esa talabalar o`rtasida milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy-axloqiy ishlarni samarali tashkil etishda minbar vazifasini o`tamoqda.