Maxsus sirtqi bo`lim O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Bo`limga geografiya fanlari nomzodi Mo`minov Doniyor G`ulomovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda bo`limda Maxsus sirtqi ta’lim shaklida 8 ta, 2-mutaxassislik sirtqi ta’lim shaklida 6 ta ta’lim yo`nalishlari bo`yicha talabalar tahsil olmoqdalar.
Talabalarning asosiy qismi ko`p yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan oliy va o`rta maxsus ma’lumotli o`qituvchilardan iborat.
Talabalar o`quv jarayonida ishtirok etishdan tashqari, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.
Maxsus sirtqi bo`lim yo`nalishlari:
Maxsus sirtqi ta’lim shakli bo`yicha:
1. 5111800-Maktabgacha ta’lim
2. 5111700-Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
3. 5112100-Mehnat ta’limi
4. 5110900-Pedagogika va psixologiya
5. 5111100-Musiqa ta’limi
6. 5111900-Defektologiya
7. 5112000-Jismoniy madaniyat
8. 5110800-Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi
2-mutaxassislik sirtqi ta’lim shakli bo`yicha:
1. 5111800-Maktabgacha ta’lim
2. 5111700-Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
3. 5111300-Ona tili va adabiyoti (tillar bo`yicha)
4. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili va adabiyoti)
5. 5110100-Matematika o`qitish metodikasi
6. 5111900-Defektologiya
Maxsus sirtqi bo`limida maxsus sirtqi, sirtqi (5 yillik), 2-oliy ma’lumot olish uchun sirtqi ta’lim shakllari tashkil etilgan.
Maxsus sirtqi ta’lim shaklida jami 1519 nafar talaba tahsil olmoqda.
Jumladan, maxsus sirtqi ta’lim shakli 1- bosqichida:
- boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishida 225 nafar;
- maktabgacha ta’lim yo`nalishida 261 nafar;
- pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishida 84 nafar;
- defektologiya ta’lim yo`nalishida 56 nafar;
- musiqa ta’limi yo`nalishida 73 nafar;
- mehnat ta’limi yo`nalishida 55 nafar;
- tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishida 42 nafar;
- jismoniy madaniyat ta’lim yo`nalishida 82 nafar talabalar tahsil olmoqdalar.
Maxsus sirtqi ta’lim shakli 2- bosqichida:
- boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishida 335 nafar;
- maktabgacha ta’lim yo`nalishida 127 nafar;
- pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishida 23 nafar;
- defektologiya ta’lim yo`nalishida 31 nafar;
- musiqa ta’limi yo`nalishida 32 nafar;
- mehnat ta’limi yo`nalishida 30 nafar;
- tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishida 28 nafar;
- jismoniy madaniyat ta’lim yo`nalishida 35 nafar talabalar tahsil olmoqdalar.
Ikkinchi oliy ma’lumot olish uchun sirtqi ta’lim shakli 2-bosqichida jami 43 nafar talaba quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tahsil olmoqdalar:
- boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishi;
- defektologiya ta’lim yo`nalishi;
- matematika o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi.
Ikkinchi oliy ma’lumot olish uchun sirtqi ta’lim shakli 3-bosqichida jami 113 nafar talaba quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tahsil olmoqdalar:
- boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishi;
- maktabgacha ta’lim yo`nalishi
- defektologiya ta’lim yo`nalishi;
- ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo`nalishi;
- rus tili va adabiyoti ta’lim yo`nalishi;
- matematika o`qitish metodikasida ta’lim yo`nalishi.
Sirtqi (5 yillik) ta’lim shaklida jami 275 nafar talaba quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tahsil olmoqdalar:
- boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo`nalishida 60 nafar;
- maktabgacha ta’lim yo`nalishida 34 nafar;
- mehnat ta’limi yo`nalishida 33 nafar;
- jismoniy madaniyat ta’lim yo`nalishida 58 nafar;
- informatika o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishida 33 nafar;
- o`zbek tili va adabiyoti ta’lim yo`nalishida 28 nafar;
- tarix o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishida 29 nafar.