Markazlar va Bo`limlar

Ta’lim sifatini nazorat qilish

Bo`lim boshlig`i

Babayeva Nargiza Muzaffarovna

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(15-00dan 17-00gacha), Dushanba(15-00dan 17-00gacha)
Telefon: +998905560865
Elektron pochta: bonu0676@mail.ru

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

QDPIda ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish;

QDPI talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish;

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

QDPIni ichki attestasiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni QDPI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

Attestasiya, ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda QDPIda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;

Ta’lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

QDPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz, akademik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha QDPI rahbariyatiga takliflar kiritish;

QDPI professor-o`qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish;

QDPIning o`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;

QDPIda talabalar amaliyotining ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspeksiyasining topshirig`iga binoan QDPI reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

QDPIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o`rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish;

Bo`lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” jamg`armasi yoki xalqaro loyihalar va QDPI hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o`quv va ilmiy markazlari tajribasini o`rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

QDPI reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

QDPI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish;

QDPIda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish;

O`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig`i masalalari monitoringini yuritish;

QDPI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma’lumotlar berib borish;

Ta’lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni QDPI rahbariyatiga taqdim etish.

Yuklab olish uchun quyidagi havolani bosing: 2018 yil 1-chorak hisoboti