Markaz va bo`limlar

Institut qoshidagi akademik litsey

Bo`lim boshlig`i

Ahmadjonov Dilshodjon Mansurovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00 16:00 gacha), Dushanba(14:00 16:00 gacha), Juma(14:00 16:00 gacha)
Telefon: +998905890902
Elektron pochta: ahmadjonov1985@mail.ru

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi 29 aprel 2018 yil kuni Qo`qon davlat pedagogika institutining besh qavatli asosiy binosida Respublika umumtalim maktablarining 9-sinf o`quvchilari o`rtasida Aniq fanlar yo`nalishida (matematika, fizika), Tabiiy fanlar yo`nalishida (kimyo, biologiya), ijtimoiy gumanitar fanlar yo`nalishida (tarix) va filologiya yo`nalishida (ona-tili) fanlaridan Institut olimpiadasini o`tkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun munosib nomzod ekanligingizni ko`rsata olish imkoniyati paydo bo`ldi. Siz matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va ona-tili fanlarini chuqur o`zlashtirmoqchimisiz? Bu niyatning o`zi hurmatga sazovor. Demak, olimpiada bosqichlarida sinovlar uchun tayyorgarlik ko`rish paytingiz keldi. Zero, har tomonlama bilimli bo`lish zamon talablaridan biridir. Sizlar uchun dunyo eshiklari ochilmoqda. Qo`qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi o`zining zamonaviy talim metodikasi, ilmiy pedagogik saloxiyati va manaviy-marifiy ananalari bilan viloyatimizda nom chiqargan.