Markazlar va Bo`limlar

Ilmiy bo`lim

Bo`lim boshlig`i

Qalandarov Shuxratjon Shokirjonovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00-15:00 gacha), Seshanba(14:00-15:00 gacha)
Telefon: +998903603377
Elektron pochta:

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi vazifalari:

Institutda olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish.

Ilmiy - tadqiqot ishlarini ustuvor yo`nalishlarini belgilash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rejasini tuzish hamda fakultet va kafedralar miqyosida ilmiy tadqiqot ishlarini rejasini bajarilish monitoringini olib borish.

Institut ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlari bo`yicha respublika, shu jumladan chet el oliy o`quv yurtlari, xalqaro jamg`armalar bilan maqsadli aloqalarni yo`lga qo`yish va mustahkamlash.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish va nazoratini olib borish. Institut ilmiy salohiyatini doimo oshib borishini ta’minlash.

Iqtidorli talabalarni tanlash, ularni maqsadli o`qitish bo`yicha tashkil qilish, nazoratini olib borish, ularni fan olimpiadalari, turli tanlovlarda (ayniqsa Prezident va Davlat stipendiyasi tanlovlarida) ishtirokini ta’minlash.

Dolzarb ilmiy muammolarga bag`ishlangan respublika ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etish.

Institut professor-o`qituvchilari, talabalar ilmiy tadqiqot natijalari asosida darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar yaratishga erishish.

Ilmiy tadqiqot natijalarini bevosita fanlar bo`yicha ma’ruzalarning va amaliy mashg`ulotlarning mazmuniga singdirib borish.

Ilmiy yutuqlarni amalda joriy etish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish.

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`lim boshlig`ining vazifalari va funksiyalari:

Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash.

Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor bilan birgalikda talabalarni Respublika va xalqaro miqyosidagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, talabalarni Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish, talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalarni bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish.

Institutning muammoli ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo`linmalarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlar jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish.

Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o`rganish, normativ-huquqiy hujjatlarda ta’lim muassasasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash.

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ularga ko`maklashish, talabalar (nomli davlat stipendiyalari), va mustaqil izlanuvchilar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabgorlarini tayyorlash jarayonida faol ishtirok etish.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish va ularning faoliyatini nazorat qilishda ilmiy ishlar bo`yicha prorektorga ko`maklashish.

Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy yo`nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish hamda ilmiy muammolarga bag`ishlangan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferensiya, seminar va yig`ilishlarni tashkil etish. Konferensiya, seminarlarda pedagog- xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash.

Ta’lim muassasasida olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Doktorantura (PhD), doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini qabul qilish;

Ilmiy ishlar materiallarini, shy jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to`plamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslubiy va ilmiy-davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to`ldirib borish bo`yicha umumiy rahbarlikni olib borish.

Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o`tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o`tkaziladigan ilmiy anjumanlarda institut professor-o`qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, institutda ilmiy maktablarni shakllanishiga ko`maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag`batlantirish ishlarini olib borish.

Institutda magistratura, doktorantura (PhD) va doktoranturani rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda institut xodimlarining o`z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga ko`maklashish.

Faoliyat yo`nalishi bo`yicha ta’lim muassasasi rahbariyatiga tegishli takliflar kiritish.

Ilmiy bo`lim mudirining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.