Markaz va bo`limlar

Xalqaro hamkorlik bo`limi

Bo`lim boshlig`i

Najmiddinov Ahmad Rahmatovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Dushanba(14:00-16:00), Chorshanba(14:00-16:00), Juma(14:00-16:00)
Telefon: (73) 5420373
Elektron pochta: intellect_star@mail.ru

Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi va uning vazifalari

  • Vazirlikning 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.
  • Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida institutda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish.
  • Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.
  • Institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish. 
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.
  • Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;
  • Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish.
  • E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish.
  • QDPI vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha horijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish.

Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Institutda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, institut veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

 Xalqaro hamkorlik bo`limi haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Najmiddinov Ahmad Rahmatovich bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelmoqda.

Bugungi kungacha institutning xalqaro hamkorlik bo‘limi Evropaning TASIS, Erasmus+ dasturlari bilan, Germaniyaning DAAD, Gyote instituti, Britaniya konsulligi, Koreyaning KOICA agentligi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari Polsha, Germaniya, Hindiston, Kipr, Italiya, Latviya, Chehiya, Slovakiya, Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon singari mamlakatlar, shuningdek, qo‘shni davlatlar ilmiy markazlarida, etakchi o‘quv yurtlarida bo‘lib, u erdagi ta’lim tizimi bilan tanishib malakalarini oshirib qaytdilar.

Institutda muntazam ravishda xorijiy mehmonlar ishtirokida turli uchrashuvlar, tanlovlar, konferensiya va simpoziumlar o‘tkaziladi.

Institut professor-o‘qituvchilari Erasmus+ dasturida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hamkor oliy ta’lim muassasasi sifatida mazkur dastur doirasida tayyorlangan “ModeHED” va “RUECVET” loyixalari grant g‘olibi bo‘lgan. Loyixalar doirasida tashkil etilgan

2 ta markaz bugungi kunda ham faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro xamkorlik bo‘limi tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimiga bog‘lash va yaqinlashtirish borasida faoliyat olib borilyapti.