Markazlar va Bo`limlar

Devonxona

Bo`lim boshlig`i

Aroyev Dilshod Davronovich

Bo`lim boshlig`i


Qabul vaqti: Chorshanba(14:00-16:00 gacha), Dushanba(14:00-16:00 gacha), Juma(14:00-16:00 gacha), Payshanba(14:00-16:00 gacha), Seshanba(14:00-16:00 gacha)
Telefon: +998911487979
Elektron pochta:

Devonxona - institutning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi. Devonxona bo`limi institutda ish yuritishning asosiy boshqaruv bo`limi hisoblanadi. Institut xujjatlari hisoboti, ularning yuritilishini belgilangan talablar asosida bo`limlar, fakultetlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini olib boradi.

Institut devonxonasining asosiy vazifalari va funksiyalari:

         Me`yoriy xujjatlar asosida ish yuritishni tashkil qilish va nazorat qilish.

         O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, viloyat va shahar hokimligidan kelgan xujjatlarni o`z vaqtida qabul qilib zudlik bilan rektor huzuriga yetkazish.

         Rektor huzuridan chiqqan xujjatlarni bajarishi lozim bo`lgan  ma`sul shaxslarga ro`yxat orqali belgilangan muddatida yetkazib berish.

         Institutga kelgan xujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlarni tegishli bo`limlarga taqsimlash, ularning hisobini, ro`yxatga olinishi va bajarilishini doimiy nazorat qilish.

         Xujjatlarning bajarilish ijro monitoringi haqida ma`lumotni har bir yig`ilishda muhokama qilib borish.

         Qo`qon DPI dan chiqadigan xatlarni rektor imzosi bilan ro`yxatdan o`tkazish va bir nusxasini devonxonada saqlash. 

         Qo`qon DPI da ishlaydigan professor-o`qituvchi va ishchi xizmatchilarga oylik maoshi hamda talabalarning stipendiyalari to`g`risidagi ma`lumotlarni ro`yxatdan o`tkazish.

         Safarbarlikni ro`yxatdan o`tkazish.

         Devonxona xodimlarining vazifalari to`g`risida yo`riqnomalar tayyorlash va ularni amalda qo`llash, xodimlar malakalarini oshirishni tashkil qilish.

         Arxiv ishi bo`yicha me`yoriy xujjatlar asosida arxiv ishini yo`lga qo`yish va xujjatlarni saqlanish sharoitini nazorat qilish.

 Qo`qon DPI devonxonasining huquqlari.

         Institutning tarkibiy bo`linmalariga o`z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo`yicha belgilangan tartibda ko`rsatmalar berish.

         Zarur bo`lgan institutga kelgan xujjatlarni yuqori tashkilotlardan so`rab olish.

         Vazirliklardan, viloyat va shahar xokimligidan xujjatilarning o`z vaqtida bajarilganligi haqida ijrochi ma`sul shaxslardan ma`lumot talab qilish.

         Ish yuritish masalalari, xujjatlar ishlatilishini nazorati, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlari hamda arxiv ishlari bo`yicha ko`rsatmalar berish.

         Institutning barcha bo`limlarida xujjatlar yuritilishi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlari hamda ular to`g`risida hisobot berishni talab qilish.